Logo

Eng yaxshi mikrokredit va avtokredit stavkalarini qaysi banklar taklif qilmoqda?

Бугун 10:473 дақиқа

Markaziy bank 2026-yil 29-iyun holatiga ko‘ra, tijorat banklari tomonidan aholiga ajratilgan mikroqarz va avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalarini e’lon qildi.

Eng yaxshi mikrokredit va avtokredit stavkalarini qaysi banklar taklif qilmoqda? © Shutterstock

Markaziy bank 2026-yil 29-iyun holatiga ko‘ra, mamlakatdagi tijorat banklari tomonidan aholiga ajratilgan mikroqarz va avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalarini e’lon qildi.

Yangi haftada avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 21,6 foizni, mikroqarzlar bo‘yicha esa 28,9 foizni tashkil qildi. O‘tgan haftada bu ko‘rsatkich mos ravishda 21,6 va 29,1 foizni tashkil etgandi.

Mikroqarzlar

Mikroqarzlar segmentida eng past foiz stavkasi 22,7 foiz bilan «Aloqabank»da qayd etildi. Keyingi o‘rinlarda «Asia Alliance Bank» 24,2 foiz, «Trastbank» 24,9 foiz, «InFinbank» va «Milliy bank» 25 foizdan stavka bilan joylashdi.

Shuningdek, «BRB» va «OFB» 26,3 foizdan, «Agrobank» 26,4 foiz, «Xalq banki», «Asakabank» va «Mikrokreditbank» 26,6 foizdan, «SQB» 27,2 foiz, «Turon bank» va «Poytaxt bank» 27,6 foizdan stavkada mikroqarz taklif qilmoqda.

Yuqori segmentda «Garant bank» 28,4 foiz, «Hamkorbank» 30 foiz, «Universal bank» 30,3 foiz, «Madad Invest bank» 31,1 foiz va «Apex bank» 31,3 foiz stavka taklif qilmoqda.

Eng yuqori stavkalar «Ipotekabank» 33,1 foiz, «Ipak Yo‘li banki» 33,8 foiz, «Davr bank» 34,3 foiz, «TBC bank» 35,6 foiz, «Uzum bank» 38 foiz, «AVO bank» 39,9 foiz, «Anor bank» 41,1 foiz va «Tenge bank» 42,5 foizda qayd etildi.

0

Manba: Markaziy bank


Avtokreditlar

Avtokreditlar bo‘yicha eng past stavka 18,3 foiz bilan «BRB»da qayd etildi. Keyingi o‘rinlarda «Apex bank» 20 foiz, «Garant bank» 20,7 foiz, «Octobank» 21 foiz va «SQB» 21,4 foiz stavka bilan joylashdi.

Shuningdek, «Aloqabank» va «Ipak Yo‘li banki» 21,6 foizdan, «Mikrokreditbank» va «OFB» 22,4 foizdan, «Davr bank» va «Asakabank» 22,5 foizdan, «Ipotekabank» 23 foiz hamda «Turon bank» 23,5 foiz stavkada avtokredit ajratmoqda.

O‘rta segmentda «Milliy bank» va «Xalq banki» 23,7 foizdan, «Trastbank», «Agrobank» va «Asia Alliance Bank» 24,4 foizdan stavka taklif qilmoqda. Banklar orasida eng yuqori avtokredit stavkasi 26,1 foiz bilan «Hamkorbank»da qayd etilgan.

00

Manba: Markaziy bank

Ma’lumot uchun, yil boshidan beri aholiga berilgan kreditlar qoldig‘i 3,1 foizga ko‘payib, 227,1 trln so‘mga yetgan. Bunda avtokreditlardan boshqa barcha kreditlarda o‘sish kuzatilgan. 

Banklardagi aholining avtokreditlari qoldig‘i 1-yanvarga nisbatan 0,4 foizga pasayib, 39,56 trln so‘mgacha tushgan.

Banklarda avtokredit ajratish 2023 yildan keyin kamayishni boshladi. Bunga Markaziy bank tomonidan kiritilgan cheklovlar sabab bo‘ldi. 

Regulyator risklarni oldini olish maqsadida banklarning kredit portfeliga avtokreditlar uchun 25 foizlik cheklov joriy qilgandi. 

Natijada avtokredit ajratish pasayishni boshladi va bu ikkilamchi bozordagi avtomobil narxlariga ham ta’sir qildi — 17-18 ming dollar sotilgan Cobalt narxlari bozorda 10-11 ming dollargacha tushib ketdi. 

2023 yilda aholi uchun eng ommabop kredit avtokredit bo‘lgan bo‘lsa, 2025 yilga kelib ularning o‘rnini mikroqarzlar egalladi. 

Biroq, yaqin yillarda mikroqarzlar uchun banklarning kredit portfeliga 25 foizlik cheklov joriy qilinishi kutilyapti. 

Shu sababli yangi tartibga banklar allaqachon moslashishni boshlab yuborgan. Bu bir tomondan mikroqarzlar foizini pasaytirayotgan bo‘lsa, boshqa tomondan ularni olish imkoniyatini qiyinlashtirmoqda. 

Теглар

Мавзуга оид