«Golden House» ustidan 74 ta shikoyat kelib tushdi – Raqobat qo‘mitasi

Бугун 13:152 дақиқа

Qurilish kompaniyasiga qarshi ko‘plab shikoyatlar ortidan fuqarolar foydasiga 1,12 milliard so‘m qayta hisoblab berildi.

«Golden House» ustidan 74 ta shikoyat kelib tushdi – Raqobat qo‘mitasi © vaqt.uz

2025–2026 yillar davomida Raqobat qo‘mitasiga «Golden House Property Group» faoliyati yuzasidan jami 74 ta murojaat kelib tushdi.

Ularning 54 tasi bo‘yicha quruvchi va xaridor o‘rtasidagi nizolar sudgacha mediatsiya yoki o‘zaro kelishuv orqali hal etilgan.

Natijada iste’molchilar foydasiga jami 1,12 milliard so‘m qayta hisob-kitob qilingan.

O‘tgan yilgi shikoyatlar

2025 yilda kompaniya faoliyatidan norozi bo‘lgan 40 nafar fuqaro murojaat qilgan. Ularning 35 tasi ijobiy hal etilgan.

Jumladan, 31 holatda tomonlar kelishuvga erishgan, yana 4 nafar fuqaro foydasiga moliyaviy qayta hisob-kitob amalga oshirilgan.

2026 yilning birinchi choragida esa 34 ta murojaat kelib tushgan. Ularning 19 tasi qanoatlantirilgan.

5 ta holat bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan, yana 10 ta murojaat yuzasidan tegishli tashkilotlar jalb etilgan holda tekshiruv tayinlangan.

Qo‘mita ma’lum qilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda qurilish sohasi, xususan mazkur kompaniya bo‘yicha shikoyatlar soni ortib bormoqda.

Qurilish kompaniyalari bilan bog‘liq muammolar

Shu munosabat bilan barcha qurilish kompaniyalariga shartnomalarda aniq va real muddatlarni belgilash hamda iste’molchilar huquqlarini cheklamaslik bo‘yicha ogohlantirish berilgan.

Ma’lumot uchun, 2023 yilda qo‘mitaga 19 mingta, 2024 yilda 28 mingdan ortiq, 2025 yilda esa qariyb 54 mingta murojaat kelib tushgan.

Bundan tashqari, 2025 yil oktabr oyida qo‘mita «Golden House»ga iste’molchilar huquqlarini buzgan shartlar uchun ogohlantirish bergan.

Jumladan, shartnomani bekor qilgan xaridorga 10 foiz, shikoyat qilgani uchun yana 10 foiz jarima qo‘llash amaliyoti qayd etilgan.

Теглар

Мавзуга оид