Logo

Hindiston bosh vaziri O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda

Бугун 18:022 дақиқа

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovning Hindistonga to‘rt kunlik rasmiy tashrifi doirasida Dehlida muhim muzokaralar o‘tkazildi.

Hindiston bosh vaziri O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov to‘rt kunlik rasmiy tashrif bilan Hindistonda bo‘lib turibdi. Mamlakat rahbariyati bilan o‘tgan muzokaralarda u Hindiston bosh vaziri Narendra Modining O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifiga tayyorgarlik ko‘rilayotganini ma’lum qildi.

«ANI» axborot agentligi xabar berishicha, Baxtiyor Saidov 2-avgust kuni Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar bilan kengaytirilgan tarkibda muzokaralar o‘tkazgan. Muloqot chog‘ida bunday aloqalar strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirishga asos bo‘lishi aytilgan.

Modining tashrifiga tayyorgarlik boshlandi

«Biz bor-yo‘g‘i 10 kun oldin telefon orqali ko‘p narsalarni muhokama qilgan edik. Sizning buyuk mamlakatingizga tashrifim davomida biz bosh vazirning O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida ushbu uchrashuv va muzokaralarni o‘tkazishga kelishib oldik», — dedi Saidov.

Vazir ushbu tashrifni ikki mamlakat o‘rtasidagi muloqotning «amaliy davomi» deb atagan va tomonlar aloqalarni mustahkamlash uchun xalqaro maydonlar va tadbirlardan doimo imkoniyat sifatida foydalanib kelayotganini qo‘shimcha qilgan.

«Shaxsan menga va butun delegatsiyamga berilgan maxsus topshiriq — ta’kidlab o‘tganimdek, bosh vazirning O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida mamlakatingizga kelishdan iborat», — degan tashqi siyosat idorasi rahbari.

Hindiston — O‘zbekiston strategik hamkorligi

Baxtiyor Saidov Hindistonni O‘zbekistonning Janubiy Osiyodagi eng muhim strategik va savdo hamkorlaridan biri deb atagan.

Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar bilan o‘tkazilgan muzokaralarda hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari atroflicha ko‘rib chiqilgan.

Jumladan, energetika, infratuzilma, savdo, mudofaa, ta’lim va madaniyat sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilingan.

Baxtiyor Saidovning Hindistonga rasmiy tashrifi 2-avgustdan 5-avgustgacha davom etmoqda.

Теглар

Мавзуга оид

Hindiston bosh vaziri O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda | Vaqt.uz