Hokimlar reytingi: O‘zbekistonda ilk bor hududiy rahbarlarning investitsiya samaradorligi baholandi

Бугун 12:552 дақиқа

Yangi reyting hududlarning nafaqat investitsiya hajmi, balki uning sifat va natijadorligini ham ko‘rsatib berdi.

Hokimlar reytingi: O‘zbekistonda ilk bor hududiy rahbarlarning investitsiya samaradorligi baholandi © Prezident matbuot xizmati

«Yuksalish» harakati tomonidan ilk bor O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan tuman va shahar hokimlarining investitsiya samaradorligi bo‘yicha reyting shakllantirildi.

Reyting qanday shakllantirildi?

Reytingni tuzishda 2025-yil yakunlari bo‘yicha o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi, ya’ni hududga jalb qilingan mablag‘larning amalda iqtisodiyotga tatbiq etilgan qismi asosiy indikator bo‘lgan bo‘lsa, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi, investitsiya hamkorlari geografiyasi, loyihalarning ishga tushirilish darajasi va investitsiyalarning tarmoqlar kesimidagi taqsimoti subindikatorlar bo‘lgan.

Mazkur yondashuv hududlarning nafaqat hajmiy, balki sifat jihatidan ham rivojlanishini baholash imkonini berdi.

Tadqiqot qamrovi

Reyting O‘zbekistonning barcha viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi tuman va shahar hokimliklarini qamrab oldi. Biroq, Toshkent shahri reytingga kiritilmadi, chunki uning iqtisodiy va investitsiya muhiti boshqa hududlardan sezilarli darajada farq qiladi. Bu yondashuv hududlar o‘rtasida adolatli taqqoslashni ta’minlashga xizmat qildi.

Reyting natijalari: TOP-10 yetakchilar

photo_2026-05-03_15-31-39

2025-yil yakunlari bo‘yicha quyidagi hokimlar investitsiya samaradorligi bo‘yicha eng yuqori natijalarni qayd etdi:

1.Qobil Hamdamov – Olmaliq shahri (835.2 mln doll.)

2.Azamat Fayziyev – Nurota tumani (719.4 mln doll.)

3.Anvar Baymuratov – Qorao‘zak tumani (593.2 mln doll.)

4.Xurshid Tohirov – Qorako‘l tumani (581.5 mln doll.)

5.Bekzad Madaminov – Qo‘ng‘irot tumani (580.7 mln doll.)

6.Boburjon Yuldashev – Andijon tumani (548.5 mln doll.)

7.Dilmurod Ergashev – Navoiy shahri (507.0 mln doll.)

8.Anvar Tadjimirzayev – Davlatobod tumani (458.5 mln doll.)

9.Uskenbay Atemov – Yuqori Chirchiq tumani (435.2 mln doll.)

10.Qosim Mardonov – Angor tumani (434.7 mln doll.)

Qayd etilishicha, 2025-yil natijalari shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonda hududiy investitsiya faolligi barqaror o‘sish tendensiyasiga ega. Mahalliy boshqaruv organlarining tashabbuskorligi, investorlar bilan ishlash sifati va loyihalarni amalga oshirish samaradorligi hududlar rivojida hal qiluvchi omil bo‘lib bormoqda.

Теглар

Мавзуга оид