Logo

JCH-2026. Germaniya sensatsion tarzda Paragvayga mag‘lub bo‘lib, turnir bilan xayrlashdi

Бугун 04:351 дақиқа

Mundiallarda hech qachon penaltilar seriyasida yutqazmagan Germaniyaning an’anasiga barham berildi.

JCH-2026. Germaniya sensatsion tarzda Paragvayga mag‘lub bo‘lib, turnir bilan xayrlashdi

Jahon chempionati 1/16 final bosqichida dastlabki kutilmagan natija ro‘y berdi.

Germaniya va Paragvay o‘rtasidagi o‘yinning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarida kuchlar teng keldi. Penaltilar seriyasida esa Lotin Amerikasi jamoasi g‘alabani ilib ketdi. Yevropaliklar Haverts, Voltemade va Ta «lotereya»da gol ura olishmadi.

Shu tariqa «nemis mashinasi» mundiallarda ilk bor seriyada yutqazib, uyiga ravona bo‘ldi.

Paragvay 1/8 finalda Fransiya — Shvetsiya juftligi g‘olibi bilan to‘qnash keladi.

JCH-2026. 1/16 final
Germaniya — Paragvay 1:1
Penaltilar seriyasi — 3:4.

29-iyun, Foksboro.
Gollar: Haverts (54) — Ensiso (42).
Germaniya — Noyer, Kimmix, Ryudiger (Tiau, 110), Ta, Braun, Nmecha (Goretska, 46), Pavlovich (Anton, 79), Sane (Voltemade, 88), Undav (Musiala, 63), Virts (Amiri, 110), Haverts.
Paragvay — Gill, Kaseres (Oxeda, 99), Gomes, Kanale, Alonso (Balbuena, 120+2), Kubas, Almiron (Velaskes, 91), Bobadilya (Sanabria, 99), Galarza, Ensiso (Maurisio, 57), Avalos (Kaballero, 55).
Ogohlantirishlar: Kubas (65), Haverts (106), Musiala (115), Galarza (117).

Россия - Украина уруши

Futbol bo‘yicha Jahon chempionati 2026

JCH-2026 o‘yinlariga oid barcha xabarlar bitta havolada.

Мавзуга оид