JCH-2026. Ispaniya 90+1-daqiqada gol urib, Portugaliyani turnirdan chiqarib yubordi
Ronaldu faoliyatini jahon chempionligisiz yakunlaydigan bo‘ldi.

Jahon chempionatida 1/8 finalning markaziy o‘yini bo‘lib o‘tdi va unda Ispaniya 90+1-daqiqada Merino tomonidan kiritilgan to‘p evaziga Portugaliyani mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa Ronaldu faoliyatini jahon chempionligisiz yakunlaydigan bo‘ldi.
Ispaniya chorakfinalda AQSH — Belgiya juftligi g‘olibiga qarshi o‘ynaydi.
JCH-2026. 1/8 final
Portugaliya — Ispaniya 0:1
6-iyul, Erlington
Gol: Merino (90+1).
Portugaliya — Koshta, Kanselu (Dalot, 71), Diash, Veyga, Mendesh (Semedu, 56), Vitinya (Silva, 83), Nevesh, Fernandesh, Netu (Konseysau, 83), Feliks (Leau, 71), Ronaldu.
Ispaniya — Simon, Porro, Kubarsi, Laport, Kukurelya, Rodri, Pedri (Ruis, 85), Olmo (Merino, 85), Yamal, Baena (Torres, 75), Oyarsabal (Iglesias, 90+7).
Ogohlantirishlar: Silva (89), Veyga (90+4), Torres (90+8).

Futbol bo‘yicha Jahon chempionati 2026
JCH-2026 o‘yinlariga oid barcha xabarlar bitta havolada.





