Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligining 587,2 mln so‘mlik tenderi bekor qilindi
Raqobat qo‘mitasi Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi tomonidan 2026-yil 27-iyul kuni e’lon qilingan, qiymati 587,2 mln so‘m bo‘lgan markazlashgan tadbirlarni tashkil etish xizmati bo‘yicha tenderda qonunbuzilish holatlarini aniqladi.
© Мактабгача таълим вазирлигиMaktabgacha va maktab ta’lim vazirligi tomonidan 2026-yil 27-iyul kuni e’lon qilingan, boshlang‘ich qiymati 587,2 mln so‘m bo‘lgan markazlashgan tadbirlarni tashkil etish xizmati bo‘yicha tender savdosi bekor qilindi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi xabar berdi.
Qo‘mitaning ma’lum qilishicha, o‘rganish ishlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan «Bir manzil, bir telefon — bitta tender» nomli tanqidiy material asosida boshlangan.
Tekshiruv yakuniga ko‘ra, vazirlik tomonidan «Raqobat to‘g‘risida»gi qonunning 29-moddasi talablariga rioya etilmagani, ya’ni savdolarda raqobatni cheklaydigan yoki cheklanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan shartlar mavjudligi aniqlangan.
Yuqoridagilarga muvofiq, Raqobat qo‘mitasining qonunchilik talablariga amal qilish yuzasidan yuborgan so‘roviga asosan Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi tomonidan o‘tkazilgan tanlash savdosi belgilangan tartibda bekor qilingan.





