Logo

Mask AQSHdagi siyosiy partiyaga eng ko‘p pul xayriya qilgan shaxsga aylandi

Бугун 09:222 дақиқа

Pullarning katta qismi «Super PAC» deb ataladigan siyosiy tashkilotlarga berilgan. Bunday tashkilotlar qonun bo‘yicha xayriya sifatida istalgan miqdorda pul qabul qilishi mumkin. Ular saylovlarda muayyan nomzodlar yoki siyosiy qarashlarni qo‘llab-quvvatlash uchun mablag‘ sarflaydi.

Mask AQSHdagi siyosiy partiyaga eng ko‘p pul xayriya qilgan shaxsga aylandi © Reuters

Milliarder Ilon Mask AQSHda siyosiy partiyaga eng ko‘p shaxsiy pul ajratgan inson bo‘ldi. «The Washington Post» gazetasi saylovlarni moliyalashtirish bo‘yicha hisobotlarni o‘rganib, Mask oraliq saylovlar oldidan Respublikachilar partiyasini qo‘llab-quvvatlash uchun o‘z mablag‘idan 446 million dollar sarflaganini aniqladi. Uning maqsadi respublikachilarga Kongressdagi nazoratni saqlab qolishda yordam berish bo‘lgan.

Umuman olganda, yirik homiylar oraliq saylovlarga ta’sir ko‘rsatish uchun 2,7 milliard dollardan ortiq mablag‘ sarflagan. Shundan 1,7 milliard dollar Respublikachilar partiyasini qo‘llab-quvvatlovchilardan, 832 million dollar esa Demokratlar partiyasi homiylaridan kelib tushgan. Yana 264 million dollarni ikki partiyani qo‘llab-quvvatlovchi guruhlar va lobbichilik tashkilotlari ajratgan.

Bu pullarning katta qismi «Super PAC» deb ataladigan siyosiy tashkilotlarga berilgan. Bunday tashkilotlar qonun bo‘yicha xayriya sifatida istalgan miqdorda pul qabul qilishi mumkin. Ular saylovlarda muayyan nomzodlar yoki siyosiy qarashlarni qo‘llab-quvvatlash uchun mablag‘ sarflaydi.

Respublikachilarga eng ko‘p pul ajratganlar orasida Maskdan keyingi o‘rinlarda «Uline» kompaniyasi egalari Elizabet va Richard Yulayn (150 million dollar), «One Nation» nomli notijorat tashkilot (133 million dollar) hamda «Susquehanna International Group» savdo kompaniyasining hamegasi Jeff Yass (110 million dollar) bor.

Demokratlar partiyasining asosiy homiylari esa Jorj Soros va «Majority Forward» nomli notijorat tashkilot bo‘lib, ularning har biri 102 million dollardan xayriya qilgan. Bundan tashqari, «House Majority Forward» tashkiloti 94 million dollar, Nyu-York shahrining sobiq meri Maykl Blumberg esa 84 million dollar ajratgan.

«The Washington Post» ta’kidlashicha, gazeta egasi va dunyoning eng boy insonlaridan biri Jeff Bezos bu saylov davrida atigi 15 ming dollar xayriya qilgan. Bu mablag‘ faqat uning kompaniyalari — «Amazon» va «Blue Origin» bilan bog‘liq federal siyosiy qo‘mitalarga berilgan.

AQSHda oraliq saylovlar 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Ushbu saylovlarda Vakillar palatasining barcha 435 a’zosi va Senatning 35 a’zosi saylanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp 20 million katta yoshli amerikalikka salkam 100 dollardan bermoqchiligi haqida yozgan edik.

Теглар

Мавзуга оид