Logo

O‘zbekiston milliy jamoasi Jahon chempionatidagi debyutida Kolumbiyaga yutqazdi

Бугун 08:571 дақиқа

Abbos Fayzullayev «oq bo‘rilar»ning mundiallardagi ilk goli muallifi sifatida tarixdan o‘rin oldi.

O‘zbekiston milliy jamoasi Jahon chempionatidagi debyutida Kolumbiyaga yutqazdi

O‘zbekiston milliy jamoasining Jahon chempionatida debyut qildi.

K guruhi 1-turidan o‘rin olgan bahsda Fabio Kannavaro jamoasi Kolumbiyaga qarshi maydonga tushib, ikki to‘p farqi bilan imkoniyatni boy berdi.

Milliy jamoa yarimhimoyachisi Abbos Fayzullayev O‘zbekistonning mundiallardagi ilk goli muallifi sifatida tarixdan o‘rin oldi. Raqib safida «Bavariya» vingeri Luis Dias gol va assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

O‘zbekiston ikkinchi turda 23-iyun kuni Portugaliyaga qarshi o‘ynaydi. Ronaldu jamoasi birinchi o‘yinda Kongo DR (1:1) bilan durang qayd etgan.

JCH-2026. K guruhi. 1-tur
O‘zbekiston — Kolumbiya 1:3

18-iyun. Mexiko. «Asteka»
Gollar: Fayzullayev (60) — Munios (40), Dias (65), Kampaz (90+9).
O‘zbekiston — O‘tkir Yusupov, Behruz Karimov, Rustam Ashurmatov (Jahongir O‘rozov, 77), Abduqodir Husanov, Abdulla Abdullayev, Sherzod Nasrullayev (Farrux Sayfiyev, 46), Otabek Shukurlv, Akmal Mozgovoy, Abbos Fayzullayev (Aziz Amonov, 77), Oston O‘runov (Doston Hamdamov, 46), Eldor Shomurodov (Igor Sergeyev, 90+3).
Kolumbiya — Vargas, Munios, Sanches, Lukumi, Moxika, Lerma, Puerta (Rios, 80), Arias (Kastano, 90+3), Rodriges (Kampaz, 72), Dias (Gomes, 90+3), Suares (Kucho, 80).
Ogohlantirishlar: Moxika (7), Husanov (34).

Мавзуга оид