Logo

O‘zbekiston Prezidenti Xalqaro valuta jamg‘armasi bilan hamkorlikni kengaytirishga chaqirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro valuta jamg‘armasi vakili Bo Li bilan uchrashuvda makroiqtisodiy islohotlar, erkin valuta kursi va raqamli to‘lovlar tizimini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

O‘zbekiston Prezidenti Xalqaro valuta jamg‘armasi bilan hamkorlikni kengaytirishga chaqirdi © Foto: prezident.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-iyun kuni Xalqaro valuta jamg‘armasi «Shveysariya guruhi»ning navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun mamlakatga kelgan jamg‘arma boshqaruvchi direktorining o‘rinbosari Bo Lini qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda global moliya bozorlaridagi vaziyat va uning rivojlanish istiqbollari muhokama qilingan.

Suhbat avvalida Bo Li davlat rahbariga Xalqaro valuta jamg‘armasi boshqaruvchi direktori Kristalina Georgiyevaning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazgan.

Tomonlar o‘tgan yil sentabr oyida Nyu-York shahrida prezident Shavkat Mirziyoyev va Xalqaro valuta jamg‘armasi rahbariyati o‘rtasida erishilgan kelishuvlar doirasida yanada mustahkamlashning asosiy jihatlari ko‘rib chiqilgan.

Islohotlar ustuvorligi

Uchrashuvda Xalqaro valuta jamg‘armasi mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlashda muhim hamkor sifatida qayd etilgan.

Shuningdek, makroiqtisodiy siyosat strategiyasi va raqamli to‘lovlar tizimini rivojlantirish, kapital harakatini liberallashtirish, milliy statistika metodologiyasi va davlat daromadlarini boshqarishni takomillashtirish hamda erkin valuta ayirboshlash kursini qo‘llab-quvvatlash masalalarida ekspertlik va texnik ko‘makni yanada kengaytirish zarurligi ta’kidlangan.

Muzokaralarda iqtisodiy boshqaruv tizimi uchun malakali kadrlar tayyorlash masalasiga xam alohida e’tibor qaratilgan.

Теглар

Мавзуга оид