Logo

O‘zbekiston, Qozog‘iston va BAA Pokiston portlariga chiquvchi yangi temiryo‘l loyihasini ishlab chiqadi

Бугун 19:102 дақиқа

Qozog‘iston, O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari yangi Qozog‘iston — O‘zbekiston — Afg‘oniston — Pokiston temiryo‘l yo‘nalishi loyihasini birgalikda tayyorlashga kelishib oldi.

O‘zbekiston, Qozog‘iston va BAA Pokiston portlariga chiquvchi yangi temiryo‘l loyihasini ishlab chiqadi

Qozog‘iston, O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) hamkorlikda Pokistonning dengiz portlariga chiqish imkonini beruvchi «Qozog‘iston – O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston» (CASA) yangi temiryo‘l yo‘nalishi loyihasini amalga oshiradi. Bu haqda Qozog‘iston bosh vazirining matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishich, mazkur hamkorlik bo‘yicha Qozog‘iston va O‘zbekiston transport vazirliklari hamda BAA Energetika va infratuzilma vazirligi o‘rtasida CASA loyihasi doirasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolangan.

Markaziy va Janubiy Osiyoni bog‘lovchi ko‘prik
CASA loyihasi Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi transport uzviyligini ta’minlashga qaratilgan yangi temiryo‘l yo‘nalishini shakllantirishni ko‘zda tutadi.

Xabarga ko‘ra, mazkur yo‘lak xalqaro yuk tashish, savdo, logistika va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.

Memorandum doirasida tomonlar texnik va iqtisodiy tadqiqotlar, tahliliy baholash ishlarini olib boradi hamda zarur temiryo‘l infratuzilmasi va unga bog‘liq obyektlarni rivojlantirishning maqsadga muvofiqligini o‘rganadi.

Ta’kidlanishicha, Qozog‘iston va O‘zbekiston rivojlangan temiryo‘l infratuzilmasi hamda katta tranzit salohiyatiga ega davlatlar hisoblanadi. BAA esa transport infratuzilmasi, logistika va yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishda katta xalqaro tajribaga ega. Ushbu imkoniyatlarning birlashuvi CASA loyihasini amaliy ishlab chiqish va uni ro‘yobga chiqarishning eng maqbul mexanizmlarini aniqlashga xizmat qiladi.

Hozirda tomonlar hamkorlikning keyingi qadamlari va aniq yo‘nalishlarini muhokama qilmoqda. Xususan, loyihaning texnik, iqtisodiy va moliyaviy masalalarini kompleks o‘rganib chiqish maqsadida maxsus Ishchi guruh tuzish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda.

Теглар

Мавзуга оид