O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi
Бугун 08:221 дақиқа
«Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi.
© SI asosida yaratilganO‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Afg‘oniston o‘rtasida imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi. Bu haqda Prezidentning «Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori imzolangan.
Qarorga ko‘ra, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organlar etib belgilandi.
Tashqi ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun O‘zbekiston Respublikasi tomonidan zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi to‘g‘risida afg‘on tomoniga tegishli bildirishnoma yuboradi.





