O‘zbekistonda iliq ob-havo saqlanib qoladi

19.02.2026 | 14:352 дақиқа

20-fevral kuni mamlakat hududlarida iliq va quruq ob-havo ustunlik qiladi, ayrim viloyatlarda shamol kuchayishi kutilmoqda.

O‘zbekistonda iliq ob-havo saqlanib qoladi © Javhar Chorshanbiyeva

20-fevral eng yuqori harorat Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +25 darajagacha yetishi kutilmoqda.

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi +11...+13 daraja iliq, kunduzi +21...+23 daraja iliq bo‘ladi. Shamol sharqdan sekundiga 3–8 metr tezlikda esadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kechasi +3...+8 daraja, kunduzi +8...+13 daraja iliq bo‘ladi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha, ayrim joylarda ba’zida 20-23 metrgacha kuchayishi mumkin.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi +8...+13 daraja, kunduzi +18...+23 daraja iliq bo‘ladi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha, ayrim joylarda ba’zida 20-23 metrgacha kuchayishi mumkin.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha, ayrim joylarda ba’zida 20-23 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +10...+15 daraja iliq, kunduzi +20...+25 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida ham yomg‘ir kutilmaydi. Harorat kechasi +8...+13 daraja iliq, kunduzi +18...+23 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda. Shamol tezligi ayrim joylarda sekundiga 18 metrgacha kuchayishi mumkin.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi, ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +16...+21 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+5 daraja iliq, kunduzi +10...+15 daraja iliq bo‘ladi.

Теглар

Мавзуга оид