Logo

O‘zbekistonliklar yarim yilda tibbiy xizmatlar uchun 11,3 trln so‘m sarfladi

Бугун 17:201 дақиқа

2026-yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash xizmatlari hajmi o‘tgan yilga nisbatan qariyb 17 foizga oshdi.

O‘zbekistonliklar yarim yilda tibbiy xizmatlar uchun 11,3 trln so‘m sarfladi

2026-yil yanvar—iyun oylarida O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 16,8 foizga o‘sib, 11,3 trillion so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Statistikaga ko‘ra, sog‘liqni saqlash xizmatlari tarkibida eng katta ulush — 53,7 foiz boshqa turdagi tibbiy xizmatlarga to‘g‘ri kelgan. Shuningdek, shifoxonalar xizmatlari 31,8 foizni, tibbiy amaliyot va stomatologiya xizmatlari esa 14,5 foizni tashkil etgan.

Hududlar yetakchiligi

Hududlar kesimida eng katta xizmatlar hajmi Toshkent shahrida qayd etildi. Poytaxtda yarim yil davomida 5,2 trillion so‘mlik sog‘liqni saqlash xizmatlari ko‘rsatilgan.

Ikkinchi o‘rinni Toshkent viloyati 1,1 trillion so‘m bilan egallagan bo‘lsa, Samarqand viloyatida bu ko‘rsatkich 830,2 milliard so‘mni tashkil etgan.

Shuningdek, Farg‘ona viloyatida 675,4 milliard so‘mlik, Namanganda 550,4 milliard so‘mlik, Andijonda esa 507,2 milliard so‘mlik sog‘liqni saqlash xizmatlari ko‘rsatilgan.

Buxoro viloyatida sog‘liqni saqlash xizmatlari hajmi 392,3 milliard so‘m, Xorazmda 390,9 milliard so‘m, Qashqadaryoda 360,4 milliard so‘m va Qoraqalpog‘istonda 335,5 milliard so‘mni tashkil etdi.

Eng past ko‘rsatkichlar esa Surxondaryo (262 milliard so‘m), Jizzax (251,5 milliard so‘m), Sirdaryo (203,2 milliard so‘m) hamda Navoiy viloyatida (193,1 milliard so‘m) qayd etildi.

Ma’lumot uchun, 2025-yilda aholi tibbiy xizmatlarga salkam 20 trln so‘m sarflagandi.

Теглар

Мавзуга оид