Logo

Pensiyasi oshayotgan harbiylar, familiya berishdagi o‘zgarish, Putinning yangi davlatga ehtimoliy hujumi, suyultirilgan gaz, qo‘shnisidan yer so‘ragan O‘zbekiston — 8-avgust dayjesti

Бугун 22:013 дақиқа

O‘zbekistonda yuz bergan voqealar va hodisalar, yoritilgan yangiliklar va xabarlarning eng muhimlarini yana bir bor esga olamiz.

Pensiyasi oshayotgan harbiylar, familiya berishdagi o‘zgarish, Putinning yangi davlatga ehtimoliy hujumi, suyultirilgan gaz, qo‘shnisidan yer so‘ragan O‘zbekiston — 8-avgust dayjesti

Elektromobil sotib olish uchun avtokredit foizining bir qismi davlat tomonidan qoplab berilishi mumkin

Loyihaga ko‘ra, 2026-yil 1-avgustdan boshlab qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravaridan oshmagan elektromobillarni birlamchi bozordan sotib olish uchun jismoniy shaxslarga 300 million so‘mdan oshmaydigan miqdorda tijorat banklari tomonidan ajratilgan avtokreditlar bo‘yicha foiz harajatlarining dastlabki 2 yili davomida kredit foiz stavkasining 16 foizdan oshadigan, biroq 8 foiz banddan yuqori bo‘lmagan qismi uchun kompensatsiya to‘lanishi ko‘zda tutilgan.

Putin yaqin yillarda NATO davlatlaridan biriga hujum uyushtirishga qaror qilishi mumkin

Hozirgacha AQSHda Putin Ukrainadagi jangovar harakatlar davom etayotgan bir paytda NATO bilan ziddiyatni yanada kuchaytirmaydi, degan qarash mavjud edi. Biroq hozir bu baho o‘zgargan. Tahlilchilarning fikricha, Rossiya-Ukraina urushida ko‘zga ko‘rinadigan yutuqlar yo‘qligi fonida Rossiya prezidenti qandaydir sezilarli g‘alabaga muhtoj bo‘lishi mumkin.

Qozog‘istonda yo‘lovchili uchuvchisiz aerotaksi ilk parvozini amalga oshirdi

U ikki yo‘lovchini tashishga mo‘ljallangan, soatiga 130 kilometrgacha tezlikda harakatlana oladi va 35 kilometrgacha masofani bosib o‘tishi mumkin. Qozog‘istonda dastlab 5 daqiqadan 30 daqiqagacha davom etadigan namoyish va turistik yo‘nalishlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Bu yo‘nalishlar mamlakatning tabiiy, madaniy va tarixiy diqqatga sazovor joylari ustidan o‘tishi mumkin. Keyinchalik uchuvchisiz yo‘lovchi havo transporti tizimlari boshqa transport turlari bilan bir qatorda Qozog‘iston transport infratuzilmasining bir qismiga aylanishi mumkin.

Suyultirilgan gazning erkin bozorini shakllantiriladi

Energetika vaziri Sherzod Xo‘jayevning aytishicha, har bir mahallaning barcha zarur ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan energetik pasporti shakllantiriladi. Elektr va gaz ta’minotidagi uzilishlar haqida mobil ilovalar orqali tezkor ma’lumot berib boriladi.

O‘zbekistonda otaning ismini bolaga familiya qilib berish mumkin bo‘ladi

Senatning 8-avgust kuni bo‘lib o‘tgan 18-yalpi majlisida otaning ismini bolaga familiya qilib berishga ruxsat etuvchi qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi. Amalda bolaning familiyasi ota-onaning familiyasiga qarab belgilanadi. Ota yoki ona tomonidan milliy an’analarga ko‘ra boboning ismi ham familiya qilib berilishi mumkin. Ota-ona o‘rtasida bolaning ismi yoki familiyasi bo‘yicha kelishuv bo‘lmaganda, kelib chiqqan nizo vasiylik va homiylik organi tomonidan hal etiladi.

Harbiylar pensiyasining eng yuqori miqdori 100 foizgacha oshiriladi

O‘zbekistonda 30 yildan ortiq xizmat qilgan harbiylar uchun pensiyani hisoblashning eng yuqori miqdori 75 foizdan 100 foizgacha oshirilmoqda. Qonunda ilk bor davlat pensiya ta’minoti huquqiga ega bo‘lgan shaxslar doirasi, xizmat yillari uchun pensiya, nogironlik pensiyasi va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini tayinlash shartlari, ularni hisoblash, qayta hisoblash va to‘lash tartibi yagona qonun darajasida belgilab qo‘yilmoqda.

O‘zbekiston Qozog‘istondan chorva uchun o‘n minglab gektar yer so‘radi

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobovning so‘zlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik investorlarga Qozog‘iston hududida chorva mollari uchun yosh hayvonlarni mustaqil ravishda sotib olish, yem-xashak bazasini yaratish va chorvani boqib, semirtirish imkoniyatini berish taklif etilmoqda. Hayvonlar tovar og‘irligi — 400 kilogrammdan oshganidan keyin O‘zbekistonga eksport qilinishi mumkin. Loyiha amalga oshirilsa, Qozog‘istonning agrosanoat majmuasiga uzoq muddatli investitsiyalar jalb qilinishi va mamlakatning mintaqadagi yirik go‘sht yetkazib beruvchi sifatidagi mavqei yanada mustahkamlanishi kutilmoqda.

Теглар

Мавзуга оид

Pensiyasi oshayotgan harbiylar, familiya berishdagi o‘zgarish, Putinning yangi davlatga ehtimoliy hujumi, suyultirilgan gaz, qo‘shnisidan yer so‘ragan O‘zbekiston — 8-avgust dayjesti | Vaqt.uz