Qozog‘iston uchar taksilarni ishga tushirishni rejalashtirmoqda

Кеча 20:351 дақиқа

Qozog‘iston 2−3 yil ichida uchuvchisiz aerotaksilarni yo‘lga qo‘yish orqali shaharlar o‘rtasida tez va zamonaviy transport tizimini joriy etishni maqsad qilmoqda.

Qozog‘iston uchar taksilarni ishga tushirishni rejalashtirmoqda

Qozog‘istonda uchar taksilarni joriy etish bo‘yicha loyiha 2−3 yil ichida amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari Qanat Bo‘zumbayev parlament palatalarining qo‘shma majlisida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, mazkur tashabbus mamlakatda yangi “past balandliklar iqtisodiyoti”ni shakllantirishda muhim o‘rin tutadi.

Loyiha doirasida asosiy e’tibor Olmaotadan 47 km masofada joylashgan Olatau shahriga qaratiladi. Ushbu hudud Xitoyning Shenchjeniga muqobil tarzda uchar taksi va dronlarni uzoq masofalarda hamda 120 metrdan yuqori balandlikda sinovdan o‘tkazish mumkin bo‘lgan markazga aylanishi mumkin.

Sinov parvozlarini joriy yilning o‘zida boshlash rejalashtirilgan. Buning uchun AQSHning Joby Aero va Xitoyning AutoFlight kompaniyalari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda. Ayni paytda muzokaralar olib borilmoqda va tegishli kelishuvlar imzolangan.

Rejaga ko‘ra, Olatau, Qo‘nayev va Olmaota shaharlari o‘rtasida kvadroportlar qurilib, ular turli sayyohlik yo‘nalishlari bilan bog‘lanadi. Bu esa transport tizimini sezilarli darajada tezlashtirishi kutilmoqda.

Rasmiylarga ko‘ra, uchar taksilar soatiga 300−350 km tezlikda harakatlanadi va shaharlar o‘rtasidagi parvoz vaqti 10−15 daqiqani tashkil etadi. Shu orqali yillik 8 mln nafargacha sayyohni jalb qilish imkoniyati paydo bo‘lishi aytilmoqda.

Теглар

Мавзуга оид