Logo

Qozog‘iston va Belgiya o‘rtasidagi savdo aylanmasi 582,4 mln dollarga yetdi

Ayni paytda Qozog‘istonda Belgiya kapitali ishtirokidagi 110 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Ikki davlat o‘rtasidagi biznes aloqalarini mustahkamlash maqsadida 2023 yil may oyida Qozog‘iston–Belgiya Biznes kengashi tashkil etilgan.

Qozog‘iston va Belgiya o‘rtasidagi savdo aylanmasi 582,4 mln dollarga yetdi

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta taklifiga binoan 22-23-iyun kunlari rasmiy tashrif bilan Brusselda bo‘ladi.

Mamlakat Tashqi ishlar vazirligi Qozog‘iston-Belgiya munosabatlarining rivojlanishini aks ettiruvchi infografikani taqdim etdi. Qozog‘iston va Belgiya o‘rtasidagi savdo aylanmasi 2025 yilda 582,4 million dollarga yetdi. Bu ko‘rsatkich 2024 yilga nisbatan 27,6 foizga yuqori.


Qayd etilishicha, Belgiya Qozog‘iston iqtisodiyotidagi eng yirik yevropalik investorlardan biri bo‘lib qolmoqda. 2005–2025 yillar davomida Belgiyadan jalb qilingan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi 14,8 milliard dollardan oshgan.

Qayd etilishicha, Belgiya Qozog‘iston iqtisodiyotidagi eng yirik yevropalik investorlardan biri bo‘lib qolmoqda. 2005–2025 yillar davomida Belgiyadan jalb qilingan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi 14,8 milliard dollardan oshgan.

Ayni paytda Qozog‘istonda Belgiya kapitali ishtirokidagi 110 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Ikki davlat o‘rtasidagi biznes aloqalarini mustahkamlash maqsadida 2023 yil may oyida Qozog‘iston–Belgiya Biznes kengashi tashkil etilgan.


Iqtisodiy hamkorlik bilan bir qatorda, ikki mamlakat madaniy va gumanitar aloqalarni ham rivojlantirmoqda. 2025–2026 yillarda Brussel va Gent shaharlarida qozoq madaniyat markazlari ochilib, Qozoq madaniyati haftaligi tadbirlari o‘tkazildi.


Ma’lumot uchun, Qozog‘iston va Belgiya o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1992 yil 25-avgustda o‘rnatilgan. Tomonlar xalqaro tashkilotlar doirasida ham hamkorlikni izchil davom ettirib kelmoqda.

Теглар

Мавзуга оид