Logo

Reyting: Toshkent iqtisodiy faollikdagi o‘zgarishlar tezligi bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi

Бугун 18:012 дақиқа

Xalqaro tahlilchilar Toshkentni rivojlanishini kuzatib borish lozim bo‘lgan shaharlar ro‘yxatiga kiritgan.

Reyting: Toshkent iqtisodiy faollikdagi o‘zgarishlar tezligi bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi © Vaqt.uz | Javhar Chorshanbiyeva

Toshkent shahri «Global Cities Index 2026» reytingida 128 pog‘onaga yuqorilab, dunyoning mingta eng yirik shahri orasida 343-o‘rinni qayd etdi. Iqtisodiy faollikdagi o‘zgarishlar tezligi bo‘yicha esa poytaxt jahonda birinchi o‘ringa chiqdi. Bu haqda Toshkent shahri Yo‘l harakatini tashkil etish markazi (YHTEM) matbuot xizmati ma’lum qildi.

Markaz xabariga ko‘ra, Toshkent iqtisodiy toifada sezilarli sakrashni amalga oshirib, bir yil ichida 558-o‘rindan 188-o‘ringa ko‘tarilgan. Bundan tashqari, poytaxt inson kapitali bo‘yicha dunyoda 108-o‘rinni egallagan. Ma’lumot uchun, shahar mazkur yo‘nalishda 2024 yilda 136-o‘rinda, 2025 yilda esa 123-o‘rinda qayd etilgan edi.

Toshkent o‘zgarishlar tezligi bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda

Poytaxt erishayotgan natijalar faqatgina bitta xalqaro reyting bilan cheklanmagan. «Boston Consulting Group» (BCG) kompaniyasining 2025 yilda o‘tkazilgan va 2026 yil 21-mayda e’lon qilingan «Built to Change: How Cities Compete for the Future» tadqiqotiga ko‘ra, Toshkent dunyoning 80 ta shahri orasida o‘zgarish tezligi bo‘yicha faqatgina Shenjen va Ar-Riyoddan keyin uchinchi o‘rinni egallagan.

BCG tadqiqoti nafaqat shaharning hozirgi holatini, balki uning qanchalik tez rivojlanayotganini, moslashayotganini va aholi uchun sharoitlarni yaxshilayotganini baholaydi. Ushbu o‘rganish 200 dan ortiq ko‘rsatkichlarni qamrab olib, dunyo shaharlarining 24 ming nafar aholisi o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalarini hisobga oladi.

«Xalqaro tahlilchilar Toshkentni rivojlanishini kuzatib borish lozim bo‘lgan shaharlar ro‘yxatiga («Cities to Watch») kiritgan», — deyiladi markaz xabarida.

Теглар

Мавзуга оид