Logo

Rossiya Markaziy Osiyoga dizel yetkazib berishni keskin oshirdi

Бугун 12:353 дақиқа

Rossiya avgust oyida Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonga dizel eksportini sezilarli darajada oshirdi. Mintaqaga yetkazib berilgan hajm iyul oyiga nisbatan ikki barobardan ko‘proqqa ko‘paygan.

Rossiya Markaziy Osiyoga dizel yetkazib berishni keskin oshirdi © Sun'iy intelekt

«Reuters» agentligining savdogarlar ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Mo‘g‘ulistonga yetkazib berilgan dizel hajmi 370 ming tonnadan oshgan.

Aslida, Rossiya iyul oyida dizel eksportiga taqiq joriy qilgan va avgust oxirida ushbu cheklovni sentabrning oxirigacha uzaytirgan edi. Biroq ayrim davlatlar uchun hukumatlararo kelishuvlar asosida istisnolar saqlab qolingan.

Qirg‘izistonga yetkazib berish 16 barobardan ko‘proq oshgan

Avgust oyida Rossiyadan Qirg‘izistonga dizel yetkazib berish hajmi keskin ko‘paygan. «Reuters» ma’lumotlariga ko‘ra, Qirg‘iziston avgust oyida 72 ming tonnadan ortiq Rossiya dizelini import qilgan. Vaholanki, iyul oyida bu ko‘rsatkich atigi 4,4 ming tonnani tashkil qilgan edi. Ya’ni bir oy ichida yetkazib berish hajmi taxminan 16 barobarga oshgan.

Tojikistonga avgust oyida 56 ming tonnadan ortiq dizel yetkazib berilgan (iyul oyida bu ko‘rsatkich 16 ming tonna бўлgan). Qozog‘iston esa avgust oyida Rossiyadan taxminan 28 ming tonna dizel olgan. Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, iyul oyida Qozog‘istonga Rossiyadan umuman dizel yetkazib berilmagan.

Eng katta hajm Mo‘g‘ulistonga to‘g‘ri kelgan

«Reuters» keltirgan ma’lumotlarga qaraganda, eng katta import hajmi Mo‘g‘uliston hissasiga to‘g‘ri keladi. Avgust oyida Rossiyadan bu davlatga 215 ming tonna dizel eksport qilingan. Iyul oyida esa bu ko‘rsatkich 124 ming tonna bo‘lgan.

Agentlik Mo‘g‘ulistonni 2026 yil yanvar–avgust oylarida Rossiya dizelining mintaqadagi eng yirik xaridori sifatida qayd etgan. Uning hissasi Markaziy Osiyo va Afg‘onistonga Rossiyadan eksport qilingan dizel hajmining taxminan yarmiga teng bo‘lgan.

Rossiyada dizel ishlab chiqarish tiklanmoqda

Eksportning avgust oyidagi keskin o‘sishi Rossiyada dizel ishlab chiqarish hajmi tiklangan davrga to‘g‘ri keldi. Rossiyada dizel ishlab chiqarish hajmi kuniga taxminan 170 ming tonnaga yetgan. Biroq bu hajm mamlakatning to‘liq eksportni qayta tiklashi uchun hali yetarli emas.

Shu bilan birga, Rossiya ichki bozoriga yetkazib berilgan dizel hajmi avgust oyida 4,7 million tonnani tashkil etgan (iyul oyida bu ko‘rsatkich 5 million tonna bo‘lgan).

Rossiyada yoqilg‘i eksportiga cheklovlar qo‘yilishi mamlakat ichki bozoridagi narxlarni jilovlash va taqchillikni bartaraf etish maqsadi bilan izohlanadi. Yoqilg‘i ишлaб chiqarishga Ukraina dronlarining neftni qayta ishlash zavodlariga qilgan hujumlari ta’sir o‘tkazgan.

Yil boshidan beri qancha dizel yetkazib berildi?

2026 yilning yanvar–avgust oylarida Rossiyadan Markaziy Osiyo va Afg‘onistonga jami 2,5 million tonna dizel eksport qilingan. Bu 2025 yilning mos davridagi ko‘rsatkichdan (2,6 million tonna) biroz kam. Demak, avgust oyida yetkazib berish keskin oshganiga qaramay, yilning dastlabki sakkiz oyi bo‘yicha umumiy hajm o‘tgan yilgi darajadan biroz pastligicha qolmoqda.

Rossiya dizel eksportiga nega cheklov qo‘ygan?

Rossiya dizel eksportiga cheklovlarni bir necha martalab joriy qilgan. Бундaй choralar asosan ichki bozorda yoqilg‘i narxini nazorat qilish va taqchillikning oldini olish maqsadida qo‘llangan. Joriy yilda Rossiyaning neftni qayta ishlash infratuzilmasiga dron hujumlari uyushtirilishi natijasida ishlab chiqarishda uzilishlar yuzaga kelgan va oqibatda iyul oyida dizel eksportiga taqiq joriy etilgan edi.

Shunga qaramay, hukumatlararo kelishuvga ega ayrim davlatlarga eksport davom ettirilgan. Avgust oyida Markaziy Osiyoning ba’zi davlatlariga dizel yetkazib berish hajmining keskin oshishi ham aynan shu istisnolar doirasida amalga oshirilgan.

Dunyo bozorida dizel narxi rekord darajada

Rossiyaning dizel eksporti oshgan bir paytda dunyo bozoridagi vaziyat keskinligicha qolmoqda. «Reuters» ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropa dizel fyucherslari sentabr oyida tarixdagi eng yuqori darajaga chiqqan va 2026 yil boshidagi ko‘rsatkichdan ikki barobardan ko‘proqqa oshgan. AQSHda chakana dizel narxi esa tarixda birinchi marta bir gallon uchun 6 dollardan oshdi.

Bunga Rossiya va Yaqin Sharqdagi ta’minot uzilishlari bevosita ta’sir qilgan. Jumladan, martdan avgustgacha Yaqin Sharqdan dizel eksporti o‘tgan yilning shu davriga nisbatan teng yarmiga kamaygan. Osiyoda ham dizel narxlari yuqori darajada saqlanib turibdi. Agentlikning 18-sentabrdagi holatga ko‘ra bergan ma’lumotida Osiyo dizelining etalon narxi bir barrel uchun taxminan 180 dollarni tashkil qilgani, bu esa yil boshidagi ko‘rsatkichdan ikki barobar yuqori ekani aytilgan.

Теглар

Мавзуга оид