Logo

Saida Mirziyoyeva fransuz tadbirkorlari bilan energetika loyihalarini muhokama qildi

Кеча 23:061 дақиқа

Prezident Administratsiyasi rahbari «Orano» kompaniyasi direktorlar kengashi rahbari Klod Imoven boshchiligidagi yirik fransuz kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Saida Mirziyoyeva fransuz tadbirkorlari bilan energetika loyihalarini muhokama qildi © Saida Mirziyoyeva Telegram kanali

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bugun, 9-iyul kuni yetakchi fransuz kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi. Bu haqda Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

«Bugun Fransiya tadbirkorlari xalqaro harakati (MEDEF International) huzuridagi O‘zbekiston-Fransiya ishbilarmonlar kengashi raisi, «Orano» kompaniyasi direktorlar kengashi rahbari Klod Imoven boshchiligidagi yetakchi fransuz kompaniyalari vakillari bilan uchrashdim. Biz energetika, ta’lim, suv ta’minoti tizimi, transport va shahar infratuzilmasi kabi ustuvor sohalarda hamkorlikni kengaytirishni maqsad qilganmiz.

Ushbu muzokaralar yaqinda prezident Emmanuel Makron bilan bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi muloqotimizning uzviy va mantiqiy davomidir», - deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Administratsiyasi rahbari shu yilning 30 iyun kuni Fransiyaga tashrifi doirasida mamlakat prezidenti Emmanuel Makron bilan Parij shahrida uchrashuv o‘tkazgan edi. Muloqot davomida ikki davlat o‘rtasidagi strategik hamkorlikni kengaytirish, xususan, energetika, transport va infratuzilma sohalaridagi qo‘shma loyihalarni faollashtirish masalalari muhokama qilingan.

Теглар

Мавзуга оид

Saida Mirziyoyeva fransuz tadbirkorlari bilan energetika loyihalarini muhokama qildi | Vaqt.uz