«Tashabbusli budjet» g‘oliblari e’lon qilindi

Бугун 13:591 дақиқа

Fuqarolar tashabbuslari 10,2 milliondan ziyod ovoz yig‘di. 2026 yil 1-mavsumda maktablar, yo‘llar va boshqa obyektlarni ta’mirlashga qaratilgan 1996 ta loyiha uchun 3 trln so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi.

«Tashabbusli budjet» g‘oliblari e’lon qilindi

O‘zbekistonda «Tashabbusli budjet»ning 2026 yil birinchi mavsumi yakunlandi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

1-mavsumda 1996 ta loyiha g‘olib deb topildi va ularni amalga oshirish uchun 3 trln 5 mlrd 827 mln so‘m mablag‘ ajratilishi belgilandi.

Ovoz berish jarayoni 11-martdan 20-martgacha «Ochiq budjet» portali orqali o‘tkazildi. Unda fuqarolar faol ishtirok etib, jami 10 mln 284 mingta ovoz berildi.

Loyihalar tanloviga jami 21 049 ta tashabbus kelib tushgan bo‘lib, ulardan 17 424 tasi saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan. Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1996 ta loyiha g‘olib deb e’lon qilindi.

G‘olib loyihalar orasida eng katta ulushni ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari tashkil etdi — 868 ta loyiha aynan shu yo‘nalishga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, maktablarni ta’mirlash va ularning moddiy-texnika bazasini yaxshilash bo‘yicha 566 ta, sog‘liqni saqlash muassasalarini rivojlantirish bo‘yicha esa 163 ta loyiha tanlab olingan.

Теглар

Мавзуга оид