Tashqi va ichki savdo: Turkmaniston iqtisodiyoti qanday o‘zgaryapti?
Бугун 16:471 дақиқа
Turkmaniston hukumati e’lon qilgan yangi ma’lumotlar mamlakat iqtisodiyotida barqaror o‘sish tendensiyasi saqlanayotganini ko‘rsatmoqda.
© porttechnology.org2026 yil yanvar–aprel oylarida Turkmanistonda chakana savdo aylanmasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9,9 foizga o‘sgan. Bu haqda Turkmaniston hukumati matbuot xizmati xabar berdi.
Hisobot davrida ishlab chiqarish hajmi ham yillik hisobda 10,4 foizga oshgan bo‘lib, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ijobiy o‘sish qayd etilgan.
Tashqi savdo
Shu bilan birga, tashqi savdo aylanmasi 9,2 foizga ko‘paygan.
Ta’kidlanishicha, 2026-yil yanvar–mart oylarida bu ko‘rsatkich 3,7 foizni tashkil etgan edi. Yangi ma’lumotlar esa tashqi savdo o‘sishi tezlashayotganini ko‘rsatmoqda.





