Logo

Toshkentda isitish mavsumi qachondan boshlanishi aytildi

Бугун 21:321 дақиқа

Dastlab maktablar, bog‘chalar, shifoxonalar va boshqa muassasalarda, shuningdek, ko‘p kvartirali turar joy binolarida isitish tizimi ishga tushiriladi.

Toshkentda isitish mavsumi qachondan boshlanishi aytildi © Foto: istockphoto.com

Toshkent shahrida 2026–2027 yilgi isitish mavsumi joriy yilning 9-noyabridan boshlanadi. Poytaxt hokimining tegishli qaroriga muvofiq, ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p qavatli uylarga issiqlik berish bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi.

9-noyabrdan boshlab maktablar, bog‘chalar, shifoxonalar va boshqa muassasalarda, shuningdek, ko‘p kvartirali turar joy binolarida isitish tizimi ishga tushirilishi belgilangan.

Isitish uchun to‘lov issiqlik ta’minoti amalda ulangan kundan boshlab hisoblanadi. Ulanish sanasi boshqaruv kompaniyasi tomonidan imzolangan ikki tomonlama dalolatnomada qayd etiladi. Agar xonadonlarda issiqlik bir maromda taqsimlanmasa, bino ichidagi tizimlarga mas’ul bo‘lgan boshqaruv kompaniyasiga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Hokimlikka ko‘ra, issiqlik tarmoqlarida avariya holatlari yuzaga kelgan taqdirda, Veolia Energy Tashkent kompaniyasining 1347 yoki (71) 200-00-56 raqamli Call-markaziga hamda @vet_pokazaniya_bot Telegram-botiga tunu kun murojaat qilish mumkin.

Теглар

Мавзуга оид

Toshkentda isitish mavsumi qachondan boshlanishi aytildi | Vaqt.uz