Logo

Toshkentdagi «Qo‘yliq» bozori faoliyati qisman cheklandi

Бугун 08:201 дақиқа

Bunga yong‘in xavfsizligi talablarining qator buzilishlari aniqlangani sabab bo‘lgan. Bozor elektr ta’minotidan qisman uzilgan.

Toshkentdagi «Qo‘yliq» bozori faoliyati qisman cheklandi © Videodan kadr

Toshkentning Bektemir tumanida joylashgan «Qo‘yliq» dehqon bozori yong‘in xavfsizligi talablarining qo‘pol ravishda buzilishi holatlari aniqlangani sababli qisman elektr ta’minotidan uzildi va faoliyati cheklandi. Bu haqda 5-avgust kuni Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, davlat yong‘in nazorati tekshiruvlari ortidan bozorda ko‘plab qoidabuzarliklar aniqlangan.

Mas’ullarga ko‘ra, aniqlangan kamchiliklar to‘liq bartaraf etilgandan so‘ng, bozor hududiga elektr ta’minoti va muassasa faoliyati qayta tiklab beriladi.

«Bu kabi tadbirlarni o‘tkazishdan maqsad — yong‘in xavfsizligini ta’minlash, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan elektrdagi yong‘inlar va favqulodda vaziyatlarning oldini olish, fuqarolarimizning hayoti hamda mol-mulkini saqlab qolishdan iboratdir», — deyiladi FVB xabarida.

Shuningdek, bunday tadbirlar butun Toshkent shahri va respublika bo‘ylab keng olib borilishi ma’lum qilingan bo‘lib, boshqarma barcha fuqarolar hamda tadbirkorlardan yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilishlarini so‘ragan.

Теглар

Мавзуга оид