«Xalqlar do‘stligi saroyi»dagi reklama bannerlari olib tashlandi

Бугун 15:151 дақиқа

Toshkentdagi madaniy meros obyekti hisoblangan «Xalqlar do‘stligi saroyi» hududida ruxsatsiz o‘rnatilgan barcha reklama bannerlari tekshiruvdan so‘ng olib tashlandi.

«Xalqlar do‘stligi saroyi»dagi reklama bannerlari olib tashlandi © Madaniy meros agentligi

2026 yil 14-aprel kuni poytaxtning Shayxontohur tumani, Furqat ko‘chasida joylashgan «Xalqlar do‘stligi saroyi» obyektda monitoring ishlari o‘tkazilgan. Unda Madaniy meros agentligi va uning hududiy boshqarmasi mutaxassislari ishtirok etgan.

Tekshiruv davomida binoda o‘rnatilgan reklama bannerlari hech qanday ruxsatsiz, o‘zboshimchalik bilan joylashtirilgani aniqlangan. Bu holat amaldagi qonunchilik talablariga zid ekani qayd etildi.

Xususan, «Reklama to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq, moddiy madaniy meros obyektlarida tashqi reklama joylashtirish taqiqlangan. Shu bois aniqlangan qonunbuzarliklar zudlik bilan bartaraf etildi.

Ma’muriy javobgarlik

Agentlik ma’lum qilishicha, noqonuniy bannerlar darhol olib tashlangan va mas’ul shaxslarga nisbatan tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha ogohlantirish berilgan.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 64-1-moddasida ham Moddiy madaniy meros obektlariga nisbatan hurmatsizlik bilan munosabatda bo‘lganlik uchun javobgarlik belgilangan bo‘lib, BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Biroq agentlik ushbu bannerlar avval nega uzoq vaqt davomida o‘rnatilgan holda qolganiga izoh bermagan.

Теглар

Мавзуга оид

«Xalqlar do‘stligi saroyi»dagi reklama bannerlari olib tashlandi | Vaqt.uz