Xitoy Qirg‘izistonga 1 mlrd dollar sarmoya kiritmoqchi

Бугун 16:441 дақиқа

Pekin Qirg‘izistonda quyosh va shamol elektr stansiyalari qurilishiga yirik sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda.

Xitoy Qirg‘izistonga 1 mlrd dollar sarmoya kiritmoqchi © Ijtimoiy tarmoqlar

Xitoy Qirg‘izistonda quyosh va shamol elektr stansiyalari qurilishiga 1 mlrd dollargacha sarmoya kiritishga tayyor. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy investitsiyalar agentligi «China Energy Engineering Investment» delegatsiyasi bilan uchrashuv yakunlari bo‘yicha ma’lum qildi, deb xabar berdi «24.kg».

Tomonlar qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasida hamkorlik va investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalarini muhokama qildi. Shuningdek, mamlakatdagi investitsiya muhiti va davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash choralari haqida ma’lumot berildi.

Loyihalar quvvati

Ma’lum qilinishicha, Qirg‘iziston qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirishni ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida ko‘radi va xalqaro hamkorlar bilan ishlashga ochiq.

Xitoy tomoni umumiy quvvati 700 megavattgacha bo‘lgan loyihalarga sarmoya kiritishga tayyor:

— 500 MVt quyosh elektr stansiyalari

— 200 MVt shamol elektr stansiyalari

Muhokamalar davom ettirilishi aytildi.

Теглар

Мавзуга оид