Logo

Yevropada gaz narxi rekord darajaga chiqdi

Бугун 08:301 дақиқа

Yevropa qishki mavsumda gaz tanqisligi xavfiga yaqinlashmoqda: ta’minot qisqarishi va zaxiralar pastligi narxlarni keskin oshirdi.

Yevropada gaz narxi rekord darajaga chiqdi © Ijtimoiy tarmoqlar

Yevropada suyultirilgan tabiiy gaz narxi 2023 yil yanvaridan beri eng yuqori darajaga ko‘tarildi. Bu haqda «The Financial Times» xabar berdi.

«Argus Media» ma’lumotlariga ko‘ra, hafta boshida xaridorlar gazning 1 million Britaniya issiqlik birligi uchun 22,83 dollardan to‘lagan. Bu ko‘rsatkich bir yil avvalgi narxdan ikki barobardan ko‘proq yuqori hisoblanadi.

Yevropa bozoridagi gaz narxlari neft qiymatiga qaraganda kuchliroq oshgan. Neft narxi ham yil boshidan buyon o‘sgan bo‘lsa-da, gaz bozoridagi bosim ancha sezilarli bo‘lgan.

«The Financial Times» Yevropa qishki davrda ta’minot tanqisligiga tayyorlanayotganini qayd etgan. Ayniqsa, Yaqin Sharqdan keladigan suyultirilgan gaz hajmining qisqarishi vaziyatni murakkablashtirmoqda.

Zaxiralar past darajada

Yaqin Sharqdagi urush boshlanishidan oldin Yevropada gaz zaxiralari odatdagidan past darajada bo‘lgan. Bu esa tashqi ta’minotdagi har qanday uzilishga mintaqani yanada ta’sirchan qilib qo‘ygan.

Germaniyada gaz omborlarining umumiy to‘lganlik darajasi hozir 50 foizni tashkil etmoqda.

«Gas Infrastructure Europe» ma’lumotlariga ko‘ra, avgust oyida Yevropada gaz zaxiralariga sof quyish hajmi sutkasiga o‘rtacha 3 teravatt-soat bo‘lgan. Bir yil avval esa ushbu ko‘rsatkich kuniga 3,6 teravatt-soatni tashkil etgan.

Теглар

Мавзуга оид