Logo

11 yilga qamalgan hokim, eng salbiy ko‘rsatkichga ega 10 ta bank, migrantlar uchun jozibadorligini yo‘qotayotgan Rossiya, Mirziyoyev–Tramp suhbati — 7-avgust dayjesti

Кеча 22:433 дақиқа

O‘zbekistonda yuz bergan voqealar va hodisalar, yoritilgan yangiliklar va xabarlarning eng muhimlarini yana bir bor esga olamiz.

11 yilga qamalgan hokim, eng salbiy ko‘rsatkichga ega 10 ta bank, migrantlar uchun jozibadorligini yo‘qotayotgan Rossiya, Mirziyoyev–Tramp suhbati — 7-avgust dayjesti

Rossiya Markaziy Osiyodan borayotgan migrantlar uchun jozibadorligini yo‘qotmoqda

Rossiya hanuz Markaziy Osiyodan borayotgan mehnat migrantlari uchun asosiy yo‘nalish bo‘lib qolmoqda. Biroq uning jozibadorligi asta-sekin pasaymoqda. Mintaqa aholisi tobora ko‘proq Yevropa Ittifoqi davlatlari, Turkiya, Xitoy va Janubiy Koreyani tanlamoqda.

So‘nggi 35 yil ichida Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va O‘zbekiston aholisi qariyb 30 million kishiga ko‘payib, 52,9 milliondan taxminan 81 million nafarga yetdi. Mintaqa aholisining o‘rtacha yoshi 26,6 yoshni tashkil etadi. Bu Markaziy Osiyoni dunyodagi eng yosh mintaqalardan biriga aylantiradi.

Shavkat Mirziyoyev Tramp bilan telefonda suhbatlashdi

7-avgust kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro ahamiyatga molik masalalar muhokama qilinar ekan, global xavfsizlikni ta’minlash, xalqaro va mintaqaviy mojarolarni tinch yo‘l bilan hal etish borasidagi sa’y-harakatlarni davom ettirish muhim ekani ta’kidlandi.

Shu bilan birga, yetakchilar bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqdi. Suhbat yakunida prezident Shavkat Mirziyoyev Trampga o‘zi uchun qulay vaqtda rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelishni taklif qildi.

Tramp «tug‘uruq turizmi»ni taqiqladi va tug‘ilish orqali AQSH fuqaroligini olishni chekladi

AQSH prezidenti Donald Tramp tug‘ilish huquqi asosida Amerika fuqaroligini olishni cheklashga qaratilgan ikkita ijro farmonini imzoladi.

Birinchi farmonga ko‘ra, agar AQSHda tug‘ilgan bolaning ota-onasidan kamida biri terrorchilik tashkiloti a’zosi bo‘lsa, AQSH fuqaroligini firibgarlik yo‘li bilan olishga uringan bo‘lsa yoki AQSH hududida boshqa davlat manfaatlarini rasmiy ravishda ifodalasa, bolaga avtomatik ravishda fuqarolik berilmaydi. Bu toifaga, jumladan, diplomatlar ham kiradi.

Ikkinchi farmon esa «tug‘uruq turizmi»ga qarshi qaratilgan. Bu amaliyotda homilador xorijlik ayollar farzandini AQSHda dunyoga keltirish va bolaning avtomatik ravishda AQSH fuqaroligini olishini ta’minlash maqsadida mamlakatga boradi.

Husanovning «Manchester Siti»dagi yangi maoshi ma’lum qilindi

O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov Angliyaning «Manchester Siti» klubi bilan yangi shartnoma imzolach, yillik maoshi 5,2 million funt sterling (salkam 7 million dollar) bo‘ldi.

Unga ko‘ra, Husanov haftasiga 100 ming funt sterling (salkam 135 ming dollar) oladi. Besh yilga mo‘ljallangan shartnoma bo‘yicha futbolchining kafolatlangan jami daromadi 26 million funtga (35 million dollar) teng.

Turkiya, Saudiya Arabistoni va Pokiston jamoaviy mudofaa kelishuvini imzoladi

Turkiya, Saudiya Arabistoni va Pokiston 7-avgust kuni Yaqin Sharqdagi yuqori mojaroli vaziyat fonida jamoaviy mudofaa to‘g‘risidagi kelishuvni imzoladi.

Hozircha ushbu kelishuv yuridik jihatdan majburiy kuchga egami yoki jamoaviy mudofaa doirasida qanday darajada ishtirok etishni nazarda tutishi aniq emas. Biroq, hatto kelishuv ramziy ahamiyatga ega bo‘lgan taqdirda ham, ushbu uch davlat o‘rtasidagi hamkorlikning ahamiyatini kam baholab bo‘lmaydi. Turkiya NATOdagi ikkinchi yirik armiyaga ega davlat hisoblanadi. Saudiya Arabistoni islom dinining eng muqaddas maskanlariga egalik qiladi, dunyodagi eng yirik neft eksportchilaridan biri va Fors ko‘rfazi davlatlari orasida mudofaa sohasida yetakchi hisoblanadi. Pokiston esa yadroviy qurolga ega yagona musulmon davlati hisoblanadi.

Markaziy bank murojaatlar bo‘yicha eng salbiy ko‘rsatkichga ega 10 ta bankni e’lon qildi

Markaziy bank 2026-yilning ikkinchi choragi yakunlari bo‘yicha bank xizmatlari sifatini oshirish va mijozlar manfaatlarini ta’minlash maqsadida tijorat banklari faoliyati yuzasidan kelib tushgan murojaatlar tahlilini e’lon qildi. Ikkinchi chorak yakunlariga ko‘ra, eng yuqori indeks Avo Bankda qayd etildi — 4,42.

Namanganning sobiq hokimi 11 yilga qamaldi

Jinoyat ishlari bo‘yicha O‘zbekiston tuman sudi Namangan shahrining sobiq hokimi Anvarjon Otaxo‘jayevga nisbatan hukm chiqardi. Sud hukmiga ko‘ra, sobiq hokim Jinoyat kodeksining 7 ta moddasi bilan aybdor deb topildi.

Теглар

Мавзуга оид