Dam olish kunlari 18 dan ortiq bank aholiga xizmat ko‘rsatadi

Бугун 09:451 дақиқа

Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, dam olish kunlari bir nechta tijorat banklari valuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari xizmatlarini amalga oshiradi.

Dam olish kunlari 18 dan ortiq bank aholiga xizmat ko‘rsatadi © Фото: Евгений Сорочин / Spot

Dam olish kunlari aholiga qulaylik yaratish maqsadida bir qator tijorat banklarining ayrim filial va shoxobchalari ish faoliyatini davom ettiradi. Markaziy bank matbuot xizmati dam olish kunlari ishlaydigan banklar ro‘yxatini e’lon qildi.

Shanba va yakshanba kunlari ishlaydigan banklar ro‘yxati:

Agrobank;

Apexbank;

Milliy bank;

Orient Finans bank;

Tenge bank;

Hamkorbank;

Anor bank;

Garant bank;

Hayot bank;

Asaka bank;

InFin bank;

Universalbank;

SQB;

Trastbank;

Saderat bank;

Ipotekabank;

Asia Alliance bank;

Kapitalbank;

Ipak Yuli Bank;

Kapitalbank.

Banklar tomonidan valuta ayirboshlash va xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchalari aholiga xizmat ko‘rsatishni davom ettiradi. Har bir bankning ish jadvali haqidagi batafsil ma’lumotni ularning rasmiy veb-saytlari orqali bilib olish mumkin.

Shuningdek, «24/7» rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valuta ayirboshlash bankomatlari hamda tijorat banklarining mobil ilovalari orqali onlayn ayirboshlash imkoniyatlari ham mavjud.

Теглар

Мавзуга оид