Logo

Dunyodagi eng boy uch musiqachi kimligi ma’lum bo‘ldi

Бугун 14:522 дақиқа

Ularning boyligi 1,4 mlrd dollardan 2,8 mlrd dollargacha boradi.

Dunyodagi eng boy uch musiqachi kimligi ma’lum bo‘ldi © Mike Coppola/Getty Images

«Forbes» jurnali dunyoning eng boy musiqichilari uchligini e’lon qildi. Ro‘yxatdan zamonaviy musiqa yulduzlari bilan birga bir necha avlod muxlislari yaxshi biladigan mashhur san’atkor ham o‘rin olgan.

Reytingning birinchi pog‘onasidan reper Jay-Z joy oldi. Uning boyligi 2,8 milliard dollarga baholangan. U bunday katta mablag‘ni nafaqat musiqa, balki muvaffaqiyatli biznes loyihalari orqali ham to‘plagan. Xususan, uning boyligining katta qismini turli kompaniyalarga kiritgan sarmoyalari, ulardagi ulushlari va alkogolli ichimliklar ishlab chiqaruvchi brendlarni sotishdan tushgan daromad tashkil etadi.

Ikkinchi o‘rinni boyligi qariyb 2 milliard dollarga baholangan qo‘shiqchi Teylor Svift egalladi. U boshqa ko‘plab hamkasblaridan farqli ravishda boyligining asosiy qismini bevosita musiqiy faoliyati orqali orttirgan. Uning «The Eras Tour» jahon gastrol konserti musiqa tarixidagi eng ko‘p daromad keltirgan konsert safarlari turi bo‘ldi. Shuningdek, o‘z qo‘shiqlariga bo‘lgan huquqlar va katta musiqiy asarlar to‘plami ham unga daromad keltirishda davom etmoqda.

Kuchli uchlikning uchinchi pog‘onasidan 84 yoshli Pol Makkartni joy oldi. «The Beatles» guruhining sobiq a’zosi boyligi 1,4 milliard dollarga baholangan. Musiqachi nafaqat o‘z qo‘shiqlaridan, balki boshqa ijrochilarning asarlaridan ham daromad oladi. U 1969-yilda «MPL Communications» nashriyot kompaniyasiga asos solgan. Hozirda ushbu kompaniya minglab boshqa ijrochilarning qo‘shiqlariga bo‘lgan huquqlarga egalik qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «TikTok» asoschisi Xitoyning eng boy odami bo‘lgandi. Shuningdek, eng boy amerikaliklar bir yilda qancha pul ishlab topgani haqida yozgan edik.

Теглар

Мавзуга оид

Dunyodagi eng boy uch musiqachi kimligi ma’lum bo‘ldi | Vaqt.uz