Logo

JCH-2026. Ispaniya sensatsion tarzda debyutant Kabo-Verdega gol urolmadi

Кеча 23:101 дақиқа

G‘oliblikka asosiy da’vogarlar qatorida tilga olingan Yevropa chempioni turnirni kutilmagan natija bilan boshladi.

JCH-2026. Ispaniya sensatsion tarzda debyutant Kabo-Verdega gol urolmadi

AQSH, Kanada va Meksikada o‘tayotgan mundialning ilk katta sensatsiyasi amaldagi Yevropa chempionlari ishtirokida ro‘y berdi.

G‘oliblik uchun asosiy favoritlardan biri sanalgan Ispaniya turnir debyutanti Kabo-Verde darvozasiga yo‘l topolmadi. De la Fuente shogirdlari 27 ta zarba yo‘llab ham, orol jamoasiga gol ura olishmadi. Yamal va Uilyams kabi jarohatdan tiklangan yulduzlarning zaxiradan tushishi ham foyda ketirmadi.

Shu tariqa Kabo-Verde debyutidayoq ochko olishni uddaladi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida Urugvay Saudiya Arabistoni bilan ro‘baro‘ keladi.

JCH-2026. N guruhi. 1-tur
Ispaniya — Kabo-Verde 0:0

15-iyun. Atlanta. «Mersedes-Bens»
Ispaniya — Simon, Lorente, Kubarsi, Laport, Kukurelya, Ruis (Merino, 71), Rodri (Uilyams, 87), Pedri, Torres (Olmo, 81), Gavi (Yamal, 71), Oyarsabal.
Kabo-Verde — Vozinya, Moreyra, Lopes Roberto, Borxes, Lopes Kabral (Paulo, 76), Lenini, Mendesh, L.Duarte (D.Duarte, 61), Monteyro (Arkanjo, 79), Kabral (Semedu, 61), Livramento (da Koshta, 61).
Ogohlantirishlar: Lopes Kabral (16), Pedri (90+3).

Мавзуга оид