Korrupsiyada ayblanayotgan amaldorlar sudi nega yopiq o‘tmoqda? Toshkent shahar sudida qizg‘in bahs kechdi
Oddiy odamlar sudi — ochiq, amaldorniki esa yopiq: Toshkent shahar sudi binosida o‘tgan matbuot anjumanida jurnalistlar va sud matbuot kotibi o‘rtasida korrupsiyaga oid ishlar bo‘yicha «ikki xil standart» masalasida qizg‘in bahs kechdi.
31-iyul kuni Toshkent shahar sudida OAV vakillari uchun matbuot anjumani tashkil etildi. Tadbirda korrupsiya va mansab vakolatini suiiste’mol qilishda ayblanayotgan mulozimlar sudi nega yopiq o‘tkazilayotgani masalasi muhokama markazida bo‘ldi.
Toshkent shahar sudi matbuot kotibi Tursunali Akbarov sud jarayonlari yopiq o‘tkazilishining qonuniy asoslarini tushuntirib berdi. Jurnalistlar esa jarayonlarning ochiqligi sud tizimiga bo‘lgan ishonch va uning mustaqilligini mustahkamlashda hal qiluvchi o‘rin tutishini ta’kidlab, o‘z dalillarini ilgari surishdi.
Tomonlarning qizg‘in bahs va munozaralariga boy bo‘lgan matbuot anjumanining to‘liq videosini quyida havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Теглар






