Logo

Milliy sertifikat savollari sotilayotgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi

Бугун 10:551 дақиқа

«X variant» nomi ostida milliy sertifikat savollari sotilayotgani haqidagi xabarlarga Bilimni baholash agentligi munosabat bildirdi.

Milliy sertifikat savollari sotilayotgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi © Bilimni baholash agentligi

Ijtimoiy tarmoqlarda milliy sertifikat imtihonlari boshlanishi arafasida «X variant» nomi ostida test savollari sotilayotgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Ushbu xabarlarda go‘yoki bu jarayonga Bilim va malakalarni baholash agentligining hududiy bo‘limlari xodimlari hamda ayrim repetitorlar aloqador ekani iddao qilingan edi. Mazkur holat yuzasidan Bilim va malakalarni baholash agentligi rasmiy munosabat bildirdi.

Agentlik bayonotida qayd etilishicha, ushbu da’volar hech qanday aniq dalil bilan tasdiqlanmagan. Sotilayotgani aytilayotgan test savollarining haqiqiy imtihonlarda qo‘llaniladigan savollarga ham, agentlik xodimlariga ham umuman aloqasi yo‘q.

Ta’kidlanishicha, milliy sertifikat imtihonlari uchun tayyorlangan test topshiriqlarining maxfiyligi va xavfsizligi belgilangan qat’iy tartibda, to‘liq kafolatlangan holda ta’minlangan.

«Fuqarolardan tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ishonmaslikni va «100 foiz kafolatlangan savollar» va’dasi bilan pul talab qilayotgan shaxslardan ehtiyot bo‘lishni so‘raymiz. Bunday holatlarga oid aniq dalillar bo‘lsa, ularni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etish mumkin», - deyiladi Bilim va malakalarni baholash agentligi xabarida.

Теглар

Мавзуга оид