Logo

O‘zbekistonda 10 oyda korrupsiyaga aloqador 1,5 mingdan ortiq xodim ishdan olindi

Кеча 23:001 дақиқа

Shuningdek, yuzlab jinoiy, ma’muriy va intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan.

O‘zbekistonda 10 oyda korrupsiyaga aloqador 1,5 mingdan ortiq xodim ishdan olindi © istock

O‘zbekistonda joriy yilning yanvar-oktabr oylarida korrupsiyaga aloqador 1,5 ming xodim ishdan olindi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2026 yilning yanvar-oktabr oylarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari tomonidan 5 368 ta xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan.

Ularning natijalari bo‘yicha xodimlarga nisbatan 594 ta jinoiy, 160 ta ma’muriy va 4 604 ta intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan. 1 565 ta holatda mehnat shartnomalari bekor qilingan.

Shuningdek, davlat xaridlari sohasida 57,5 milliard so‘mlik 24 ta xaridda manfaatlar to‘qnashuvi, 239,9 milliard so‘mlik 90 ta xaridda esa affillanganlik bilan bog‘liq qonunbuzilishlar aniqlanib, bartaraf etilgan.

Bundan tashqari, joriy yilning 10 oyida 18 970 ta ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvining oldi olingan, 1 689 ta mavjud holat bartaraf etilgan.

Qonunchilik talablarini buzish bilan bog‘liq 322 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Bundan tashqari, Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida davlat xaridlari va tibbiy jihozlar narxlarini qayta ko‘rib chiqish orqali 247 milliard so‘m budjet mablag‘i tejab qolingan.

Теглар

Мавзуга оид