Logo

O‘zbekistonda mahkumlar bilan uchrashuv va videomuloqot uchun yangi narxlar taklif etildi

Бугун 20:301 дақиқа

Jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlar bilan uzoq muddatli uchrashuv, video va telefon muloqotlari uchun to‘lov tariflari va imtiyozlar joriy etilishi mumkin.

O‘zbekistonda mahkumlar bilan uchrashuv va videomuloqot uchun yangi narxlar taklif etildi

O‘zbekistonda jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlar bilan uzoq muddatli uchrashuvlar, masofaviy videomuloqot va telefon orqali suhbatlashish uchun yangi tariflar joriy etilishi mumkin. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan qo‘shma qarori loyihasida belgilangan.

Hujjat loyihasiga ko‘ra, uzoq muddatli uchrashuv xonalaridan foydalanganlik uchun to‘lov bazaviy hisoblash miqdoriga (BHM) nisbatan belgilanadi. Xususan, bir sutka uchun ikki kishilik xona BHMning 20 foizi, uch kishilik xona 25 foizi, to‘rt kishilik xona esa 30 foizi miqdorida baholanadi. To‘lovlar faqat naqd pulsiz shaklda amalga oshiriladi va muassasa xodimlari tomonidan naqd pul qabul qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

«Qal’a» markazlashgan axborot tizimi orqali amalga oshiriladigan masofaviy videomuloqot va telefon suhbatlarining har bir daqiqasi uchun ham alohida to‘lov joriy etiladi. Unga ko‘ra, video-uchrashuvning bir daqiqasi uchun BHMning 0,5 foizi, telefon suhbati uchun esa 0,1 foizi miqdorida to‘lov undiriladi. Bu mablag‘lar to‘g‘ridan-to‘g‘ri mahkumning shaxsiy hisobvarag‘idan avtomatik tarzda yechib olinadi.

Shu bilan birga, uzoq muddatli uchrashuv xonalaridan foydalanishda ayrim toifadagi shaxslar uchun imtiyozlar ko‘zda tutilgan. Jumladan, mahkumlar, 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar (boshqa kattalarsiz kelganda), I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»ga kiritilgan oila a’zolaridan to‘lov undirilmaydi. Biroq ushbu imtiyozlar video va telefon muloqotlari uchun amal qilmaydi.

Теглар

Мавзуга оид