Logo

O‘zbekistonda yoshlar biznesining iqtisodiyotdagi ulushi qanday o‘zgarmoqda?

Бугун 14:102 дақиқа

Ular ishtirokidagi tadbirkorlik subyektlari, tovar aylanmasi o‘smoqda. Bu o‘sish ortidagi soliq ko‘rsatkichi 37,1 foizga ko‘paydi.

O‘zbekistonda yoshlar biznesining iqtisodiyotdagi ulushi qanday o‘zgarmoqda? © Sun'iy intelekt

2026-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, respublikadagi 559,9 mingta tadbirkorlik subyektining 114,5 mingtasi yoshlar ishtirokida tashkil qilingan. Bu mamlakatdagi jami ulushning qariyb 20,5 foizini tashkil etadi.

2025-yilning mos davriga nisbatan bunday subyektlar soni 11 ming 163 taga yoki 10,8 foizga oshgan. 2026-yilning dastlabki 9 oyida tadbirkorlik subyektlari tomonidan 9,6 trln so‘m soliq to‘landi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,6 trln so‘mga yoki 37,1 foizga ko‘p. 2023-yilda ular 5,3 trln so‘m, 2024-yilda 7,2 trln so‘m va 2025-yilda 9,8 trln so‘m soliq to‘lagandi.

2021-yilda yoshlar biznesining tovar aylanmasi 56 trln so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2025-yilda bu ko‘rsatkich 241,7 trln so‘mga yetdi. Bu qariyb 4,3 barobar o‘sishni anglatadi.

2026-yilning yanvar-avgust oylarida esa yoshlar ishtirokidagi mazkur subyektlarning tovar aylanmasi 217,7 trln so‘mni tashkil etdi. Bu 2025-yildagi yillik ko‘rsatkichning 90,1 foiziga teng.

Hududlar orasida tovar aylanmasining eng yuqori ko‘rsatkichlari qayd etildi. Jumladan, Toshkent shahrida 88,2 trln so‘m, Toshkent viloyatida 24,6 trln so‘m va Samarqand viloyatida 17,7 trln so‘mlik tovar aylanmasi shakllandi.

Ushbu uch hudud hissasiga jami tovar aylanmasining 59,9 foizi to‘g‘ri keldi. Bunda Toshkent shahrining ulushi 40,5 foizni tashkil etdi.

Yoshlarning tadbirkorlikni tashkil etish va boshqarishdagi ishtiroki ham salmoqli. Jumladan, yoshlar 93 ming 731 ta korxonada rahbar, 101 ming 167 ta korxonada esa ta’sischi hisoblanadi.

Bundan tashqari, faoliyat ko‘rsatayotgan qariyb 385 ming YTTning 88 mingdan ortig‘i (23 foiz), 5 millionga yaqin o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning 1,7 mln nafari (32,9 foiz) hamda 330 mingga yaqin dehqon xo‘jaliklarining qariyb 130 ming nafarini (39,1 foiz) yoshlar tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda oilaviy va yoshlar tadbirkorligi uchun qancha mablag‘ borligi aytilgandi.

Farangiz Bobojonova

Теглар

Мавзуга оид