Logo

Quyoshda ikkita kuchli chaqnash yuz berdi

Бугун 08:001 дақиқа

Odatda, Quyoshdagi chaqnashlar Yerda magnit bo‘ronlarini keltirib chiqarishi mumkin.

Quyoshda ikkita kuchli chaqnash yuz berdi

Quyoshda M klassidagi ikkita kuchli chaqnash yuz berdi, ammo hozircha ular Yerga ta’sir ko‘rsatmaydi. Bu haqda Rossiya FA Koinot tadqiqotlari institutining (IKI RAN) Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi ma’lum qildi.

Muassasa ma’lumotlariga ko‘ra, yakshanba kuni M2.6 va M6.8 darajali ikkita ketma-ket chaqnash qayd etilgan. Ushbu portlashlar yulduzning sharqiy chetidagi 4473-sonli dog‘lar guruhida kuzatilgan bo‘lib, 3-iyundan beri eng kuchlisi bo‘ldi.

Olimlarning ta’kidlashicha, hech bo‘lmaganda birinchi chaqnash koinotga plazma chiqishi bilan kuzatilgan, biroq u Yerning yonidan o‘tib ketgan va hozircha koinot ob-havosiga ta’sir qiluvchi omil hisoblanmaydi.

Yerga ta’sir qilish ehtimoli

Prognozlarga ko‘ra, dog‘lar guruhi Quyosh diskining markaziga siljiydi va faqat 25-iyun kuni Yerning to‘g‘risida paydo bo‘ladi.

Shu bilan birga, laboratoriya mutaxassislari ushbu faol markaz bu vaqt ichida yo‘qolib ketishi, Quyoshdagi energiya tugab, faollikning oshishi mahalliy ko‘rinishda qolishi mumkinligini ham istisno qilmayapti.

Ma’lumot uchun, Quyoshdagi chaqnashlar Yerda magnit bo‘ronlarini keltirib chiqarishi mumkin. Ular quvvat tizimlarida uzilishlar, qisqa to‘lqinli aloqa va navigatsiya tizimlarining ishida buzilishlarni yuzaga keltiradi, shuningdek, qushlar va hayvonlarning migratsiya yo‘llariga ta’sir qiladi.

Теглар

Мавзуга оид