Logo

Saida Mirziyoyeva Yangi Toshkent qurilishi bilan tanishdi va tadbirkorlarni sarmoya kiritishga chaqirdi

Бугун 22:001 дақиқа

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva tadbirkorlarni ushbu yirik loyihaga sarmoya kiritishga va biznes boshlashga chaqirdi.

Saida Mirziyoyeva Yangi Toshkent qurilishi bilan tanishdi va tadbirkorlarni sarmoya kiritishga chaqirdi © Saida Mirziyoyeva Telegram kanali

Bugun, 17-sentabr kuni Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Yangi Toshkent hududidagi zamonaviy bino va inshootlar qurilish jarayoni bilan tanishdi.

«​Shahar ko‘z o‘ngimizda shiddat bilan qad rostlamoqda va rivojlanmoqda. Hurmatli Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan mazkur bunyodkorlik doirasida bugun ulkan, keng ko‘lamli loyihalar amalga oshirilmoqda», - deb yozdi Prezident administratsiyasi rahbari.

Unga ko‘ra, britaniyalik me’morlar tomonidan puxta va uzoqni ko‘zlab ishlab chiqilgan shahar konsepsiyasi kelgusi o‘n yilliklar uchun mustahkam asos yaratdi.

«Poydevor qo‘yildi, biroq shaharning ertangi kuni qanday bo‘lishi endi bevosita o‘zimizga bog‘liq. Aynan shuning uchun tadbirkorlarimiz Yangi Toshkentga alohida e’tibor qaratishlarini istardim. Bu yerga sarmoya kiriting, qurilish qiling, o‘z biznesingizni yo‘lga qo‘ying. Mazkur maskanning istiqboli va imkoniyatlari beqiyos. Keling, ushbu betakror, yangi shaharni birgalikda bunyod etaylik!», – deb yozdi Saida Mirziyova.

Теглар

Мавзуга оид