Logo

Surxondaryoda 277 ta soxta «prava» yoqib yuborildi

Бугун 08:001 дақиқа

Holat bo‘yicha 11 kishi sudlangan.

Surxondaryoda 277 ta soxta «prava» yoqib yuborildi © vaqt.uz

Surxondaryo viloyatining Angor tumanida jinoyat ishi bo‘yicha ashyoviy dalil sifatida saqlangan 277 ta qalbaki haydovchilik guvohnomasi yoqib yuborildi. Bu haqda Respublika Majburiy ijro byurosi xabar berdi.

Mazkur soxta hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Angor tuman sudining ijro varaqasiga asosan ashyoviy dalil deb topilgan va ularni yo‘q qilish belgilangan. Ushbu qalbaki hujjatlar bilan bog‘liq jinoyat ishi doirasida jami 11 nafar shaxsga nisbatan sud hukmi chiqarilgan.

Sud hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida Majburiy ijro byurosining Angor tuman bo‘limi tomonidan tegishli ijro harakatlari amalga oshirildi.

Jarayon davomida sudning ashyoviy dalillarni saqlash xonasida saqlanayotgan barcha 277 ta qalbaki haydovchilik guvohnomasi olinib, belgilangan tartib va xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etilgan holda maxsus qozonxonada yoqish orqali to‘liq yo‘q qilingan.

Теглар

Мавзуга оид