Logo

Toshkent shahar hokimligi poytaxt aholisini ogohlantirdi

Hokimlik fuqarolardan avtomobillarni daraxtlar va elektr uzatish liniyalari ostida qoldirmaslik, ko‘chada yurishni cheklash, shahar bo‘ylab harakatlanishda ehtiyotkor bo‘lish hamda o‘zi, yaqinlari va shaxsiy mulkini asrashni so‘ramoqda.

Toshkent shahar hokimligi poytaxt aholisini ogohlantirdi

Toshkent shahrida kuchli shamol kuzatilayotgani va ob-havo sharoitining yomonlashuvi sababli simlarning uzilishi, daraxtlarning qulashi hamda havoda chang miqdorining ko‘payishi mumkin. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Hokimlik poytaxt aholisi va mehmonlaridan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar va xavflarning oldini olish maqsadida quyidagilarga amal qilishni so‘ramoqda:

• avtomobillarni daraxtlar va elektr uzatish liniyalari ostida qoldirmaslik;
• ko‘chada yurishni cheklash, ayniqsa allergiya yoki changga yuqori sezuvchanlik mavjud bo‘lsa;
• shahar bo‘ylab harakatlanishda ehtiyotkor bo‘lish;
• o‘zini, yaqinlarini va shaxsiy mulkini asrash.

Favqulodda vaziyatlar yuz berganda fuqarolar quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishlari mumkin: 1050, 1055, (71) 212-69-80 va (71) 212-69-82.

Теглар

Мавзуга оид