Logo

Toshkent viloyatidagi bog‘chalarda ko‘z kasalligi tarqalgani haqidagi xabarlarga izoh berildi

Кеча 21:402 дақиқа

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar o‘rtasida ko‘z kasalligi tarqalayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Toshkent viloyatidagi bog‘chalarda ko‘z kasalligi tarqalgani haqidagi xabarlarga izoh berildi

Toshkent viloyatining Parkent tumanidagi 3-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotiga ko‘z kasalligi alomatlari bilan kelgan bola bog‘cha hududiga kiritilmagan va boshqa tarbiyalanuvchilarda bunday belgilar kuzatilmagan. Bu haqda Toshkent viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar o‘rtasida ko‘z kasalligi tarqalayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Boshqarma ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 10-noyabr kuni Parkent tumani tibbiyot birlashmasi tizimidagi «Qoraqalpoq» qishlog‘i hududida joylashgan 42-son oilaviy poliklinikaga biriktirilgan, 2022 yilda tug‘ilgan M.U. hududdagi 3-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotiga ko‘z kasalligi alomatlari bilan kelgan. Muassasa ma’muriyati bolani bog‘cha hududiga kiritmagan va shifokor ko‘rigidan o‘tishi uchun yuborgan.

Ko‘rik davomida tuman oftalmologi Umid Murodov tomonidan bolaga «H10.3 — aniqlanmagan o‘tkir konyunktivit» tashxisi qo‘yilib, tegishli davolash muolajalari belgilangan. Shuningdek, oilaning katta farzandi hamda otasida ham shu kabi alomatlar kuzatilgan. Ayni paytda ularga tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan tegishli tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Bunday shikoyatlar bilan murojaat qilgan boshqa bemorlar qayd etilmagan. Maktabgacha ta’lim tashkiloti ma’muriyati ma’lumotiga ko‘ra, boshqa tarbiyalanuvchilarda ham shunday alomatlar kuzatilmagan.

Shu munosabat bilan ota-onalardan farzandlarining salomatligiga e’tiborli bo‘lish, ko‘zda qizarish, yoshlanish, ajralma kelishi kabi alomatlar kuzatilgan taqdirda, o‘z vaqtida shifokorga murojaat qilish so‘ralgan.

Теглар

Мавзуга оид