«Turonbank» boshqaruv raisi Chori Mirzayev qo‘lga olingani aytilmoqda
Кеча 20:261 дақиқа
U yirik miqdordagi pullarni o‘zlashtirishda gumonlanmoqda.
© foto: turonbank.uz«Turonbank» boshqaruv raisi Chori Mirzayev yirik miqdordagi pullarni o‘zlashtirishda gumonlanib, Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan ushlandi. Bu haqda «Kun.uz» o‘z manbasiga tayanib xabar berdi.
Chori Mirzayev 1971 yilda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida tug‘ilgan. U 2016 yil 23-sentabrdan buyon «Turonbank» boshqaruv raisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Chori Mirzayev hozirda Toshkent viloyati Bekobod tumani hokimi bo‘lgan Zaynilobiddin Nizomiddinovning yaqin qarindoshi hisoblanadi.





