Logo

Uchinchi «Hyundai Rotem» tezyurar poyezdi O‘zbekistonga yetib keldi

Janubiy Koreyada ishlab chiqarilgan tezyurar poyezd «Janubiy Koreya — Xitoy — Qozog‘iston — O‘zbekiston» maxsus tranzit marshruti orqali O‘zbekistonga yetkazildi.

Uchinchi «Hyundai Rotem» tezyurar poyezdi O‘zbekistonga yetib keldi © UTYCARGO Uzbekistan

«Temiryo‘lkargo» AJ Janubiy Koreyada ishlab chiqarilgan uchinchi «Hyundai Rotem» tezyurar poyezdi O‘zbekistonga yetkazilganini ma’lum qildi.

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, poyezd Janubiy Koreyadagi ishlab chiqaruvchi zavoddan O‘zbekistonga multimodal transport yo‘nalishi orqali olib kelingan.

Mazkur loyiha doirasida dastlabki 7 ta vagondan iborat «Hyundai Rotem» poyezdi 2025-yil 10-dekabr kuni Janubiy Koreyaning Masan portidan jo‘natilgan va 2026-yil fevral oyida O‘zbekistonga yetkazilgan edi.

Navbatdagi poyezdni tashish uchun «Janubiy Koreya — Xitoy — Qozog‘iston — O‘zbekiston» maxsus tranzit yo‘nalishi ishlab chiqildi. Tashuv jarayonida dengiz, avtomobil va temir yo‘l transporti imkoniyatlari birlashtirildi.

Shuningdek, katta gabaritli vagonlarni tashish uchun maxsus platformalar jalb qilinib, tranzit davlatlarda qayta yuklash ishlari maxsus texnologiyalar asosida amalga oshirildi. Sug‘urta, bojxona va tranzit jarayonlari yagona logistika zanjiri orqali muvofiqlashtirildi.

«Temiryo‘lkargo» ushbu tashuvlarni ishlab chiqaruvchi zavoddan O‘zbekistondagi yakuniy manzilgacha «eshikdan eshikkacha» tamoyili asosida amalga oshirganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, zamonaviy «Hyundai Rotem» tezyurar poyezdlarining O‘zbekistonga keltirilishi yo‘lovchi tashish xizmatlari sifatini oshirish hamda ichki turizmni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Теглар

Мавзуга оид