Logo

Yangi Toshkentda 100 milliard so‘mlik mehmonxona auksionga qo‘yildi

Besh qavatli binoning boshlang‘ich narxi 5 mlrd so‘mdan boshlanadi, savdolarda 23-oktabrdan ishtirok etish mumkin

Yangi Toshkentda 100 milliard so‘mlik mehmonxona auksionga qo‘yildi © E-auksion

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida 2025 yilda qurilgan 5 qavatli mehmonxona binosi elektron savdoga chiqarildi.

Obyekt Yangi Toshkent hududi yaqinidagi Chingeldi mahallasida joylashgan. Suratlar va ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, gap 12 ta mehmonxonadan iborat majmuadagi Farg‘ona mehmonxonasi haqida ketmoqda.

2025 yilda qurilgan bino besh qavatdan iborat bo‘lib, 62 ta xonani o‘z ichiga oladi. Umumiy maydoni 5373 kvadrat metrni, shundan foydali maydoni 4635 kvadrat metrni tashkil etadi.

Lotning boshlang‘ich narxi 100 mlrd so‘m etib belgilangan, sotuvchi Universalbank. Savdolar 23-oktabrda boshlanadi.



Mehmonxonaning umumiy maydoni 5,3 ming kvadrat metrni, foydalanish maydoni esa 4,6 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Bino egallagan hudud 0,32 gektar.

62 xonali obyektning qurilish osti maydoni 0,08 gektar bo‘lib, boshlang‘ich narxi 5 mlrd so‘mdan boshlanadi. Garov puli esa 1 mlrd so‘m etib belgilangan.

Yer maydoni ijara shartnomasiga asosan 49 yil muddatga, ya’ni 2073 yilgacha ajratilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent markazida joylashgan umumiy boshlang‘ich narxi qariyb 660 milliard so‘m bo‘lgan «Navro‘z» bog‘iga tegishli ikki ko‘chmas mulk obyekti auksionga qo‘yilgandi.

Теглар

Мавзуга оид