Yevropa Ittifoqi Qirg‘izistonni ogohlantirdi

26.02.2026 | 23:002 дақиқа

Yevropa va Qirg‘iziston o‘rtasidagi savdo aylanmasi urush boshlanganidan buyon 800 foizga, Qirg‘izistondan Rossiyaga eksport esa 1200 foizga oshgan. Bunday keskin o‘sish Yevropa Ittifoqini xavotirga solmoqda.

Yevropa Ittifoqi Qirg‘izistonni ogohlantirdi

Yevropa Ittifoqida Qirg‘izistonga Yevropa tovarlarini sotish Rossiyaga qayta sotish maqsadida amalga oshirilayotgani, jumladan harbiy maqsadlarda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar ham borligi aytildi. YI hujjatida maxsus operatsiya boshlanganidan buyon bunday eksport sezilarli darajada oshgani qayd etilgan.

YI nima xohlayapti?

Yevropa Ittifoqi Qirg‘iziston hokimiyatidan Yevropa tovarlarining Rossiyaga eksporti ustidan nazoratni kuchaytirishni talab qildi, chunki u Moskvaga qarshi sanksiyalar doirasida taqiqlangan uskunalar yetkazib berish kanaliga aylangan. Bu haqda YIning yuqori martabali vakili Qirg‘izistonga tashrifi chog‘ida ma’lum qildi, deb xabar berdi «Reuters».

«Bizda savdo oqimlari ushbu tovarlar Qirg‘izistonga faqat bir maqsad — sanksiyalarimizni buzgan holda Rossiyaga qayta eksport qilish uchun olib kirilayotganini ko‘rsatayotganiga asoslar bor», — dedi YIning sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili Devid O Sallivan matbuot anjumanida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘iziston orqali yetkazib berilayotgan tovarlar harbiy maqsadlarda ham qo‘llanilishi mumkin.

Sanksiyalarning buzilishi

Fevral oyida «The Financial Times» YIning ichki hujjatiga tayanib, Yevropa ikki xil maqsadda ishlatilishi mumkin bo‘lgan tovarlarni Qirg‘izistonga eksport qilishni taqiqlashni rejalashtirayotganini xabar qilgan edi.

«Urush boshlanganidan beri YIdan Qirg‘izistonga ikki xil maqsadli tovarlar importi qariyb 800 foizga oshgan, mamlakatdan Rossiyaga eksport esa 1200 foizga ko‘paygan», — deyilgan edi YI hujjatida.

FT ta’kidlashicha, bunday taqiq YI tomonidan Rossiyaga qarshi sanksiyalarni chetlab o‘tishga qarshi choralarni qo‘llashdagi birinchi qadam bo‘lishi mumkin.

2023 yil iyul oyida Qirg‘izistonda AQSH sanksiyalari xavfi tufayli Rossiyaga sanksiya ostidagi tovarlar eksport qilinishi mumkinligi yuzasidan tergov o‘tkazilgan edi. O‘shanda hokimiyat davlat tuzilmalarining bu yetkazib berishlarga aloqadorligini rad etgan, ammo sanksiyalarni xususiy kompaniyalar buzgan bo‘lishi mumkinligini istisno qilmagan.

Теглар

Мавзуга оид