Logo

AQSHning yirik banklarida keng ko‘lamli texnik uzilishlar yuz berdi

Бугун 15:352 дақиқа

Bir qator yirik banklar mijozlari hisobvaraqlaridagi mablag‘larni ko‘rish va pul o‘tkazmalarini amalga oshirishda qiyinchiliklarga duch kelayotganini bildirishdi.

AQSHning yirik banklarida keng ko‘lamli texnik uzilishlar yuz berdi © AP

16-noyabr kuni JPMorgan Chase bankidagi dasturiy ta’minot xatoligi butun AQSH moliya tizimi bo‘ylab muammolarni keltirib chiqardi. Oqibatda minglab mijozlar bir nechta yirik banklar va Zelle pul o‘tkazmalari servisida o‘z onlayn-akkauntlaridan foydalanish va tranzaksiyalarni amalga oshirishda qiyinchiliklarga duch kelishdi.

Downdetector servisi ma’lumotlariga ko‘ra, nosozliklardan JPMorgan Chase, shuningdek, Bank of America, Wells Fargo, Capital Onye va Citibank mijozlari jabr ko‘rgan.

Eng ko‘p shikoyatlar — 4,5 mingdan ortig‘i Chase ishi ustidan tushgan bo‘lib, murojaatlarning qariyb yarmi tranzaksiyalar va akkaunt balansini ko‘rsatishdagi xatoliklarga tegishli. JPMorgan Chase bu holat kiberhujum emasligini, balki ichki apparat tizimlariga ta’sir ko‘rsatgan dasturiy xatolik ekanligini tasdiqladi. O‘z navbatida, Wells Fargo ham onlayn-banking vaqtincha ishlamayotganini ma’lum qilgan.

Muammoning boshqa banklarga ta’siri

Boshqa banklarda xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq mustaqil muammolar kuzatilmagan bo‘lsa-da, Chase bilan amalga oshirilgan tranzaksiyalar sekinlashgan.

Chase banki vakili Jo Evangelisti holatga shunday izoh berdi: «Boshqa banklarga tranzaksiyalarning sekinlashishi faqatgina ular biz bilan tranzaksiyada ishtirok etgan taqdirdagina ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin».

Shu bilan birga, Chase bankining ayrim mijozlariga quyidagi mazmundagi xabar ko‘rsatilgan: «Ba’zi xizmatlar mavjud emas. Biz ular ustida ishlamoqdamiz. Iltimos, keyinroq qayta urinib ko‘ring».

Zelle tarmog‘i egasi bo‘lgan Early Warning Services kompaniyasi vakili tizim to‘liq ishchi holatda ekanini ma’lum qildi. Biroq boshqa bank mijozlari Chase mijozlari ishtirokidagi Zelle to‘lovlarini yuborish yoki qabul qilishda kechikishlarga duch kelishgan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu voqealar o‘tgan haftada AQSHda yuz bergan ikkita yirik nosozlik — o‘nlab mamlakatlarda Microsoft servislarining to‘xtab qolishi hamda AQSHda fuqarolik aviaqatnovlarining bir necha soatga kechiktirilishi ortidan sodir bo‘lmoqda.

Теглар

Мавзуга оид