Logo

«BRB Lizing» o‘z faoliyatini boshladi

Бугун 11:252 дақиқа

«Biznesni rivojlantirish banki» ATB ta’sischiligidagi ushbu MCHJ biznes uchun yangi moliyaviy imkoniyatlar yaratmoqda. Tadbirkorlar va aholi o‘z biznesini boshlashi yoki kengaytirishi uchun qulay shartlar asosida moliyalashtirish xizmatlaridan foydalanishi mumkin.

«BRB Lizing» o‘z faoliyatini boshladi

«Biznesni rivojlantirish banki» ATB tomonidan tadbirkorlar va aholi uchun yangi moliyaviy imkoniyatlar yaratish ishlari jadal davom ettirilmoqda. Xususan, shu kunlarda «Biznesni rivojlantirish banki» ATB ta’sischiligida yangi «BRB Lizing» mas’uliyati cheklangan jamiyati o‘z faoliyatini boshladi.

Yangi tashkil etilgan «BRB Lizing» MCHJ tadbirkorlik subyektlari hamda aholiga zamonaviy asbob-uskunalar, texnikalar, transport vositalari va boshqa asosiy vositalarni lizing va bo‘lib to‘lash shartlari asosida yetkazib berish orqali qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Uning tashkil etilishi munosabati bilan Navoiy viloyatida tadbirkorlar va aholi uchun mo‘ljallangan zamonaviy texnika hamda kichik uskunalarning yirik ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Unda O‘zbekistonda va xorijda ishlab chiqarilgan turli xil ilg‘or uskunalar namoyish etilib, tashrif buyuruvchilarga ularning imkoniyatlari yaqindan tanishtirildi. Tadbirkorlar va aholi o‘z biznesini boshlashi yoki kengaytirishi uchun quyidagi qulay shartlar asosida moliyalashtirish xizmatlaridan foydalanishi mumkin.

Mikrolizing va lizing xizmatlarining shartlari:

Moliyalashtirish miqdori: mikrolizing doirasida 300 million so‘mgacha.
Muddati: 12 oydan 84 oygacha.
Boshlang‘ich to‘lov (badal): uskuna qiymatining kamida 20 foizi.
Yillik foiz stavkasi: boshlang‘ich to‘lovga bog‘langan holda 14 foizdan 24 foizgacha (komissiya qarori bilan belgilanadi).

Jamiyatning asosiy vazifalari kichik va o‘rta biznes vakillari, shuningdek, o‘z faoliyatini boshlayotgan tadbirkorlarga uzoq muddatli lizing xizmatlarini ko‘rsatish, o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar va aholiga shaxsiy ehtiyojlari hamda kichik biznes uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalarni bo‘lib to‘lash asosida ijaraga va lizingga berish, xalqaro moliya institutlari va donorlarning imtiyozli mablag‘larini jalb etgan holda zamonaviy lizing obyektlarini xarid qilish, lizing obyektlarining texnik holatini tizimli monitoring qilish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etishdan iborat.

Ta’kidlash joizki, bu kabi ko‘rgazma va taqdimotlar hozirgi kunda respublikaning barcha hududlarida bosqichma-bosqich o‘tkazilmoqda. Eng muhimi, mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida ko‘rgazma hududining o‘zida kredit rasmiylashtirish va boshqa qator zamonaviy bank mahsulotlaridan foydalanish imkoniyati ham yaratilgan.

Теглар

Мавзуга оид

«BRB Lizing» o‘z faoliyatini boshladi | Vaqt.uz