Logo

«Click» Finnext Asia-2026 forumida ishtirok etdi: sun’iy intellekt davriga tayyorgarlik insonlardan boshlanadi

Sun’iy intellekt nafaqat ish vositalari va jarayonlarini, balki xodimlarning bilim va ko‘nikmalariga qo‘yiladigan talablarni ham o‘zgartirmoqda. «Click»da sun’iy intellekt bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish xodimlarning kasbiy o‘sishining bir qismi deb qaraladi.

«Click» Finnext Asia-2026 forumida ishtirok etdi: sun’iy intellekt davriga tayyorgarlik insonlardan boshlanadi

Bugun korxonalar oldida turgan asosiy savollardan biri — jamoalarning yangi sharoitga moslashishi va sun’iy intellekt bilan samarali ishlashni o‘rganishiga qanday yordam berish mumkin?

Finnext Asia–2026 forumi doirasidagi «Hali mavjud bo‘lmagan mutaxassislar: kim tezroq moslashadi — korxonalarmi yoki universitetlar?» mavzusidagi muhokamada shu masala ko‘tarildi. Unda «Click»ning xodimlar bilan ishlash bo‘limi rahbari Yevgeniya Massino ishtirok etdi.

Muhokamada ta’kidlangan asosiy fikrlardan biri shuki, korxonalar yangi vositalarni joriy etish bilan birga xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini ham rivojlantirishi lozim. Buning uchun xodimlarning odatiy vazifalari, ta’lim berish usullari va ishni tashkil etish tartibini qayta ko‘rib chiqish zarur.

«Xodim sun’iy intellekt qanday muammoni hal qilishini, undan qayerda va qay darajada foydalanish mumkinligini hamda olingan javob sifatini qanday baholashni tushunishi kerak. Bu muayyan bir dasturdan foydalanishni bilishdan muhimroq», — dedi Massino.

«Click»da sun’iy intellekt bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish xodimlarning kasbiy o‘sishining bir qismi deb qaraladi. Texnologiyalar xodimlarning imkoniyatlarini kengaytiradi. Biroq yangi vositalarning amalda qanchalik samara berishi ularning bilimi, tanqidiy fikrlashi va qaror qabul qilish qobiliyatiga bog‘liq.

Shu bois ta’lim faqat ayrim dasturlar bilan tanishtirishdan iborat bo‘lib qolmasligi, balki xodimlarga kundalik vazifalarni bajarishda sun’iy intellektdan foydalanishni o‘rgatishi muhim.

Instagram | LinkedIn | Telegram

 

Reklama

Теглар

Мавзуга оид