Energetiklarning qarzi sababli Qozog‘istonda elektr energiyasi qimmatlaydi

Бугун 16:501 дақиқа

Energetika kompaniyalari qarzlari sabab mamlakatda tariflar bosqichma-bosqich oshirilishi kutilmoqda.

Energetiklarning qarzi sababli Qozog‘istonda elektr energiyasi qimmatlaydi © gov.kz

Qozog‘iston energetika vaziri o‘rinbosari Sungat Yesimxanov mamlakatda elektr energiyasi narxlari o‘rtacha 4–5 foizga oshishi ehtimoli borligini aytgan. Bu haqda «Orda.kz» xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tariflarning oshishi energetika kompaniyalarining qarzlari bilan bog‘liq bo‘lib, ularning umumiy hajmi 37 mlrd tengedan (80 ming dollar) ortiq.

«Kelajakda bu qarzlar tariflar orqali qoplanadi. Bu sezilarli emas, taxminan 4–5 foiz atrofida ta’sir qiladi», – dedi u.

Qarzning sababi nima?

Yesimxanovning ta’kidlashicha, qarzlar asosan 2025-yilning ikkinchi yarmida gaz narxlarining oshishi sababli gaz elektr stansiyalarida shakllangan. Kelgusida ularni ham tariflar hisobidan qoplash rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, asosiy xarajatlar ta’mirlash ishlari va ish haqiga to‘g‘ri keladi. Tariflar bir necha oy davomida bosqichma-bosqich oshirilishi mumkin va bu o‘zgarishlar nafaqat elektr energiyasi, balki issiqlik va suv ta’minotiga ham ta’sir qilishi mumkin.

Xabarlarga ko‘ra, Qozog‘istonda kommunal xizmatlar tariflari bo‘yicha moratoriy bekor qilinganidan so‘ng, aholi orasida narxlar oshishi mumkinligi haqida xavotirlar kuchaygan.

Теглар

Мавзуга оид