Logo

Ertaga Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga boradi

Davlat rahbari Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etadi.

Ertaga Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga boradi © Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev va Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II taklifiga binoan 5-6-noyabr kunlari amaliy tashrif bilan Ostona shahrida bo‘ladi.

O‘zbekiston rahbari sun’iy intellekt sohasida xavfsizlikni ta’minlash, uning terroristik va ekstremistik maqsadlarda ishlatilishiga qarshi kurashish, yangi texnologik xatar hamda tahdidlarga javob qaytarishda xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etadi.

Aqaba jarayoni 2015 yilda Podshoh Abdulla II tomonidan ilgari surilgan xalqaro tashabbus bo‘lib, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashishda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash hamda xavfsizlikni ta’minlash sohasida tajriba almashish va qo‘shma sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishga qaratilgan.

Теглар

Мавзуга оид